So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu ertangi uchrashuv oldidan nimalar dedi? (matbuot anjumani) Yangiliklar

BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu ertangi uchrashuv oldidan nimalar dedi? (matbuot anjumani)

Teglar :  BAAKosmin Olariu
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan BAA - O'zbekiston bahsidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi.

Uning birinchi qismida mezbonlar ustozi Kosmin Olariu hamda darvozabon Holid Eysa ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. Shu erda bo'lishim menga sharaf. Ishonamanki, mehnatim orqali ushbu jamoaga katta yutuqga erishishga yordam bera olaman. Bu oson bo'lmasligi aniq, ammo biz barchasiga tayyormiz. Ertaga juda qiyin o'yin bo'ladi. O'zbekiston guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ular juda tartibli va balans futbol namoyish etishmoqda. Biz so'nggi bir hafta davomida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Endi esa yigitlarni to'g'ri yo'naltirishi va motivaciya berishimiz kerak. Katta o'yin va katta jang. Biz o'zimizning imkoniyatimizga ishonamiz. Bor kuchimiz bilan kurashamiz", - deya fikr bildirdi Kosmin Olariu ertangi bahs oldidan.

"Oson o'yin bo'lmasligi aniq. Hozir bizda Kosmin Olariu kabi tajribali murabbiy bor. Ushbu inson 10 yildan buyon BAAda ishlab kelmoqda. Ertaga muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun borishimiz beramiz",- dedi Xolid Eysa.

- BAA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi birinchi matbuot anjumaningiz. Tayyorgarlik qanday o'tdi? Umumiy kutilmalar qanday?

- Jamoada bosh murabbiy almashganida ko'p narsa o'zgarishi aniq. Men terma jamoadagi futbolchilarni ko'p yillardan beri taniyman. Bunday qisqaa vaqt ichida katta o'zgarishlar qilish qiyin. So'nggi bir hafta davomida biz tayyorgarlik olib bordik. Futbolchilarda ishtiyoq juda yo'qori, ayrim vaziyatlarda men ularga tinchlanish kerakligi haqida ham aytdim. Bu yaxshi hislat deb o'ylayman.

- O'zbekiston bilan o'yindan nimalarni kutmoqdasiz?

Xolid Eysa:- Ochig'ini aytsam, biz Kosmin Olariu bilan ishlashdan xursandmiz. U juda tajribali va katta nomga ega inson. Men 15 yildan beri terma jamoa sharafini va klublarda o'ynab kelmoqdaman. U kuchli ruhiyatga ega. Bunday hislatlarga ega murabbiyni ko'rmaganman. Olariu kabi qisqa vaqt ichida kerakli natijaga erisha oladigan murabbiy deyarli yo'q. Olariu qo'l ostida muvaffaqiyatga erishamiz degan umiddaman.

- BAA bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki uchrashuvingiz yaqin. BAA 35 yildan so'ng yana mundialga qaytmoqchi. Hozirgi holat haqida nimalar deya olasiz? Jamoa ikki qismli tayyorgarlik jarayonini o'tkazdi...

- Tilaklar uchun rahmat. Bir narsani tushuning, men bir o'zim jamoam bir kichik qismi man, xolos. Men o'zimdagi bor imkoniyatni ishga solishim kerak, sababi jamoadagi futbolchilarning maqsadi bor. Agar ushbu tarkib mundialga chiqsa, faoliyatida ham katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Muxlislar ham buni kutishmoqda. Biz oson bo'lmasligini bilamiz. Hozir O'zbekiston terma jamoasi Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri. Men faoliyatim davomida bizdan kuchliroq bo'lgan jamoalarga qarshi ko'p marotaba to'qnash kelganman.

- Muxlislar temra jamoaga juda ishonishmoqda. Ularga nimalar deya olasiz?

- Biz mundialga chiqishgan har qachongidan yaqinmiz deb o'ylayman. Hozir butun millat bunga ishonmoqda. Biz o'z yurishimizda davom etishimiz kerak, xolos. Juda ko'plab uchrashuvlarda biz raqibdan yaxshiroq bo'lgan edik, ammo natija har doim ham biz kutgandek bo'lmagandi. Biz barchamiz Jahon chempionatiga chiqishni xoxlaymiz. Bu bizning orzuimiz. Orzumizga erishish uchun navbatdagi besh kunda birlashishimiz kerak.

- Sizning avvalgi jamoangiz "Sharja" edi. Endi aksariyat futbolchilar shu jamoadan jalb etiladimi?

- Qaysi futbolchi? Men uchun "Sharja" yoki "Al Ayn" yoki boshqa bir jamoadan, umuman farqi yo'q. "Sharja"dagi futbolchilar so'nggi mavsumlarda mening qo'lim ostida o'ynashgan, ammo bu terma jamoa. Terma jamoaga loyiq va munosib futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishadi. "Sharja"dagi futbolchilar esa mening ko'rsatmalarimni yaxshiroq tushunishadi. Farqi shunda, xolos. Men BAAdagi eng yaxshi futbolchilarni yig'ishim kerak, ular qaysi jamoadan kelishining farqi yo'q.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика