BAA Sport vazirligi "Hammamiz oqlar tarafidamiz" kampaniyasini o'tkazmoqda: Sport federaciyalariga bepul chiptalar tarqatilyapti
04 iyu 07:23
Yangiliklar
BAA Sport vazirligi "Hammamiz oqlar tarafidamiz" kampaniyasini o'tkazmoqda: Sport federaciyalariga bepul chiptalar tarqatilyapti
Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, mamlakat Sport vazirligi milliy terma jamoani hal qiluvchi o'yinda qo'llab-quvvatlash maqsadida "Hammamiz oqlar tarafidamiz" shiori ostida kampaniya olib bormoqda. Vazirlik BAAning barcha sport federaciyalarini targ'ibot ishlarida faol qatnashishga chaqirdi.
Vazirlik turli sport turlari milliy terma jamoa sardorlariga qisqa video orqali murojaat qilib, jamoatchilikni ruhlantirish va "oqlar" (BAA terma jamoasi laqabi – tahr.) o'yinchilarini qo'llab-quvvatlashga undadi. Bundan tashqari, "Al Nahayyon" stadioni tribunalarida o'tirish uchun milliy terma jamoalar azolariga bepul chiptalar ham tarqatilmoqda.

Xabaringiz bor, BAA tomoni turli yo'llar bilan o'zbekistonlik jurnalist va muxlislarga "to'siq" qo'yishga urinmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, o'zbekistonlik muxlislarga baraban va yana bir qator vositalarni stadionga olib kirishga ruxsat berilmasligi mumkin.
Bugun har ikki terma jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulot jarayonlari bo'lib o'tadi. Voqealar rivojini Championat.asia orqali kuzatib boring.
Eslatib o'tamiz, BAA hamda O'zbekiston o'rtasidagi JCH 3-saralash bosqichi 9-tur uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar