So’nggi yangiliklar

22:21Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  4 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  0 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  15 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  9 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   5 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  3 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  8

BAA O'zbekistonga qarshi o'yingacha to'rt nafar braziliyalik va ikki afrikalik futbolchini mahalliylashtiradi Yangiliklar

BAA O'zbekistonga qarshi o'yingacha to'rt nafar braziliyalik va ikki afrikalik futbolchini mahalliylashtiradi

SHuningdek, afrikalik bir o'yinchi ham arablar libosini kiyadi.

Birlashgan Arab Amirliklar terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'l olishni jiddiy maqsad qilmoqda.

Amirliklarning portugaliyalik bosh murabbiyi Paulu Bentu mundialga yo'l olish uchun mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanmoqchi. Jumladan, mamlakatda besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan xorijlik futbolchilarni mahalliylashtirish orqali tarkibni yana-da kuchaytirishni reja qilgan.

Jumladan, 2019 yildan beri BAAda istiqomat qilayotgan "Al Nasr"ning braziliyalik himoyachisi Glauber Lima va "Dibba Al Fujayra"ning zimbabvelik yarim himoyachisi Tafadzva Dlivayo iyul oyidan boshlab mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.

SHuningdek, BAA oktyabr oyiga qadar kot-d'Ivuarlik Kuame Otonn Kuadio ("Al Ayn" himoyachisi) va yana uch nafar braziliyalik futbolchini mahalliylashtirishni reja qilgan, Bruno Konseysan de Oliveyra ("Al Jazira" hujumchisi), Jonatas da Anunsiasan Santos ("Al Ayn" yarim himoyachisi) va Lukas Pimenta ("Al Vahda" himoyachisi).

Eslatib o'tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari JCH-2026 saralash bosqichida Eron, Qatar, O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi va SHimoliy Koreya bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Kuame OCHLning o'tgan mavsumida "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi to'p tepgan.


Arablar O'zbekistonga qarshi ilk o'yinini 15 oktyabr kuni mehmonda o'tkazadi.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика