So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  100 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Azizjon G'aniev: "Superkubokdagi g'alabani ota-onamga bag'ishlayman" Yangiliklar

Azizjon G'aniev: "Superkubokdagi g'alabani ota-onamga bag'ishlayman"

Kecha BAA Superkubogi uchun bahsda "SHabab Al Ahli" "SHarja"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu o'yindan keyin "SHabab Al Ahli" yarim himoyachisi o'zbekistonlik Azizjon G'anievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Azizjon Superkubokdagi g'alaba muborak bo'lsin! O'yin qanday o'tdi?

- Tabrik uchun rahmat. Meni quvvatlab turgan barcha muxlislarga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman, barchaga rahmat. "SHarja"ga qarshi qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'olib bo'lish uchun oxirigacha kurashdi. So'nggi daqiqalarda gol urib g'alaba qozondik, jamoamga foydam tekkanidan xursandman.

- Raqib safida o'zbekistonlik Otabek SHukurov o'ynadi...

- Otabek SHukurov bilan uchrashuvdan oldin gaplashdik, bir-birimizga omad tiladik. O'yindan keyin Otabek aka yonimga kelib g'alaba bilan tabrikladilar, men uchun xursand ekanliklarini aytdilar. Ularga keyingi o'yinlarda omad yor bo'lishini tiladim.




- Kechagi g'alabani kimga bag'ishlaysiz?

- Ushbu g'alabani uyda duo qilib turgan ota-onamga bag'ishlayman. SHu darajaga etishimda ular juda ham katta hissa qo'shishgan.

- So'nggi savol Dostonbek Hamdamov BAA chempionatiga ko'chib o'tdi. Dastlabki o'yin aynan siz o'ynayotgan "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'tdi...

- "Al Nasr" bilan shartnoma tuzgan Doston aka uchun juda ham xursand bo'ldim. Birinchi o'yin doim og'ir bo'ladi, ayniqsa begona chempionatda. Xudo xohlasa o'zlarining eng yaxshi o'yinlari bilan barchani xursand qiladilar.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика