So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  94 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

Azizjon G'aniev: "Balcom BMW Cup" musobaqasidan yaxshi taassurotlar qoldi" Yangiliklar

Azizjon G'aniev: "Balcom BMW Cup" musobaqasidan yaxshi taassurotlar qoldi"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kuni kecha Yaponiyadan qaytib keldi. Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoamiz Xirosima shahrida tashkil etilgan "Balcom BMW Cup" musobaqasida ishtirok etib yakunda chempion bo'ldi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Azizjon G'aniev musobaqa taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Xirosima shahrida bizni ajoyib tarzda kutib olishdi. Musobaqa tashkilotchilari barcha sharoitni yaratib qo'yishgan ekan. Hech qanday kamchilik kuzatilmadi. Dastlabki o'yinni Polshaga qarshi o'tkazdik. Bu uchrashuvda qiyinchilikka duch keldik. Evropa jamoasi jismoniy tomonlama juda kuchli hisoblanadi. Penaltilar seriyasida bizning omadimiz keldi.

Keyingi bahs Yaponiyaga qarshi o'tdi. Bu bahs biz uchun ajoyib o'tdi. Yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi bo'lim boshida urilgan gol evaziga yaponlarni taslim qildik. O'sha bahsda tashkilotchilar meni o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Bundan to'g'risi juda xursand bo'ldim.

Oxirgi o'yinda Xirosima yoshlar terma jamoasi bilan o'ynadik. Bu uchrashuvda 3:1 hisobida zafar quchdik va musobaqada chempion bo'ldik.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan ishlash menga yoqdi. Ular futbolchilar bilan tezda til topishib ketishdi. Maqsadimiz Bangladeshda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashib qita chempionatiga yo'llanma olish", - deydi Azizjon G'aniev.


Gulshan Sadullaeva yozib oldi



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика