Azizbek Amonov va Filip Ivanovich OCHL 2-tur ramziy jamoasidan joy olishdi
06 okt 2023 13:06
Yangiliklar
Azizbek Amonov va Filip Ivanovich OCHL 2-tur ramziy jamoasidan joy olishdi
OFK o'z talqiniga ko'ra Osiyo CHempionlar Ligasi 2-turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani shakllantirdi.
Undan "Al Sadd" bilan o'yinda dubl qayd etib, jamoasiga g'alabasiga munosib hissa qo'shgan "Nasaf" hujumchisi Azizbek Amonov hamda "Mumbay Siti" yirik hisobda mag'lub etilishida katta hissa qo'shgan va himoyani mustahkam ushlagan "Navbahor" futbolchisi Filip Ivanovich o'rin olishdi.
Eslatib o'tamiz, OCHL 3-tur bahslari 23 oktyabrdan davom ettiriladi. O'zbek klublari quyidagi uchrashuvlarda qatnashishadi:
23 oktyabr: OKMK – "Sepaxon" (Eron)
23 oktyabr: "Navbahor" – "Nassaji" (Eron)
23 oktyabr: "SHarja" (BAA) – "Nasaf"
24 oktyabr: "Paxtakor" – "Axal" (Turkmaniston)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar