So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  8 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  0 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  7 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4

Aziz To'xtaboev: “Yoshlar juda tasirchan bo'ladi...” Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: “Yoshlar juda tasirchan bo'ladi...”

Coca Cola superliga 17-tur doirasidagi Qo'qon-1912 - Surxon uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

- O'yinda tezkor gol kiritdik. Keyin raqib futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Butun o'yin davomida futbolchilarimiz borlarini berib o'ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Hech bir g'alaba osonlikcha bo'lmaydi. Bugungi g'alabamizda muxlislarimizning hissasi ham katta bo'ldi. Vaziyatlardan foydalanishda biroz kamchiliklarimiz bor. 

Hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmayapti. Ular golli vaziyatlarda biroz shoshilib qolishdi. Aks holda bugun hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi.

Bugungi o'yinda Avazxon Mamatxo'jaev har ikkala golda ham ishtirok etdi. Uning kelajagi porloq deb o'ylayman. Uning bundanda yaxshi o'yinlari hali oldinda.

Muxlislarimiz yosh futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashlarini tilab qolardim. CHunki yoshlar juda tasirchan bo'ladi, ularni hozir qo'llab tursak o'yinlari yanada ochiladi deb o'ylayman.

Bugun maydonda o'ynagan barcha futbolchilarimiz yaxshi o'ynashdi. Ikkinchi davra arafasida jamoamiz safiga kelib qo'shilgan yosh futbolchilar jamoamizga tezda moslashishdi. Ulardan hali umidimiz katta. Sindarov hamda Ahmadovlarning o'yini bizni to'liq qoniqtirmoqda. Jamoamizda ichki muhit ayni kunlarda juda ajoyib. Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarimizga bosh egib tazim qilaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика