So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Aziz G'aniev - Tvitter qahramoni Yangiliklar

Aziz G'aniev - Tvitter qahramoni

breakingthelines.com sayti o'zining Tvitterdagi sahifasi orqali O'zbekiston U-23 terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G'aniev haqida iliq fikrlarni bildirdi.

Hatto ular G'aniev to'g'risida Tvitterga to'rt daqiqalik viderolik ham joylashdi. "Aziz G'aniev to'pni shunday uzatadiki, bu xuddi sariyog'ni pichoq bilan bir tekis kesganga o'xshaydi", deb yozgan Breaking The Lines tvitter akkaunti.

Tvitterda "Nasaf" yarim himoyachisi haqida yana shunday deyilgan: "CHuqur orqada o'ynaydigan pleymeykerlar faqat Italiya yo Argentinada emas, balki SHarq tomonlarda ham dunyoga kelishi mumkin. Misol uchun, 19 yoshli Aziz G'aniev shular jumlasidan".

"U O'zbekistonning top klubida, yani "Paxtakor" yo "Bunyodkor" yoki amaldagi chempion "Lokomotiv"da o'ynayotgani yo'q, shunga qaramay o'z o'yini orqali terma jamoaga jalb qilindi. U juda katta salohiyatga ega".

"1991 yil Mustaqillikni qo'lga kiritgan O'zbekiston futbolda qisqa vaqt ichida butun Osiyo bo'ylab o'z so'zini ayta oldi. Milliy terma jamoa Osiyo Kubogi-2011da hatto to'rtinchi o'rinni egalladi".

"O'zbekiston har doim yosh iqtidorlarga ega bo'lgan. Masalan, Xitoydagi musobaqada ishtirok etayotgan jamoada Hojiakbar Alijonov, Javohir Sidiqov ham ajralib turibdi, lekin Aziz G'aniev baribir boshqacha porlayapti. Albatta, u "Bavariya"da o'ynab keta olmaydi, biroq yanada zo'r bo'lishi uchun juda yaxshi imkoniyatga ega".


Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика