So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Azimov va Bekmurotov "Andijon" mashg'ulotlariga qo'shildi Yangiliklar

Azimov va Bekmurotov "Andijon" mashg'ulotlariga qo'shildi

"Andijon" bugun qishki yig'in tayyorgarligining ikkinchi bosqichini o'tkazish uchun Dukent shaharchasiga etib keldi.

"Etiborimizni tortgan jihati shuki, bu erda juda chiroyli manzara yuzaga kelgan. Ayniqsa, yog'ayotgan qor tufayli hamma joy oqargan va qorga burkangan stadionda shug'ullanishning gashti ham o'zgacha.

Qishki tayyorgarlikning eng muhim jihatlaridan biri aynan qorli ob-havoda mashg'ulot o'tkazishdir. Bu ayniqsa futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga juda ham qulay va shu bilan birga muhim sanaladi. Bunday paytda murabbiylar uchun qo'l ostidagi o'yinchilarga jismoniy yuklamalarni berish ham foydalidir. Mana shu davrda to'plangan kuch mavsum davomida asqatishi ham mumkin.



SHu tariqa, Dukentdagi yig'in juda quvnoq va ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Futbolchilar avvaliga qorli maydonda yugurishdi. So'ng rejaga ko'ra trenajyor zalida ham shug'ullanishdi.    

Jamoamiz safidagi o'zgarishlar muxlislarni ham qiziqtirayotgani rost. Malumot o'rnida shuni aytib o'tmoqchimizki, tarkibga "Metallurg"da to'p tepgan Farhod Bekmurotov va "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan Sardor Azimov qo'shilgan. Ikki o'yinchi ham andijonlik muxlislar uchun begona emas. Boisi, ular ilgari jamoamiz tarkibida ham to'p tepishgan.



Darvoqe, ertaga jamoamiz azolari tibbiy ko'rikdan o'tishadi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eshitdik-da! Vagiz Galiulin va yana ikki futbolchi "Andijon"da

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика