Azar "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi?
09 iyu 2020 15:27
Yangiliklar
Azar "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi?
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar "Alaves"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.
Azar "Alaves"ga qarshi o'yin uchun o'tayotgan so'nggi mashg'ulotda umumiy guruhda shug'ullangan. Ammo belgiyalik futbolchi seshanba va chorshanba kuni mashg'ulotlarni to'liq o'tkaza olmadi.
Zidan o'yinchining sog'ligi bo'yicha tavakkal qila olmaydi, ammo "Alaves"ga qarshi o'yindagi g'alaba muhimligi murabbiyning rejalariga tasir qilishi mumkin.
Azar "Espanol" (1:0)ga qarshi o'yinda oyog'iga ko'plab zarbalar qabul qilib olganligi uchun to'pig'ida noqulaylik sezgandi. Eden "Xetafe" (1:0) va "Atletik" (1:0)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Futbolchi joriy mavsum "Real" safida La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar