So’nggi yangiliklar

13:45"Манчестер Сити" Ҳусановга Италия А Сериясидан рақобатчи топди  2 13:18"Бешиктош" қозоғистонлик футболчини трансферга қўяди  0 12:50Тарихда шу кун. "Бунёдкор" - "Гамба Осака" 3:2. Шарқда учган "қалдирғоч"  1 12:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти ФА U-16дан йирик ҳисобда устун келди  0 12:10"Реал" учта трансферни амалга оширади  9 11:47Артета Гвардиолага раҳмат айтди  3 11:23УЕФА "Арсенал" дарвозасига берилган пенальтининг бекор қилиниши бўйича баёнот берди  8 10:47Анчелотти мавсум якунланмасдан ишдан олиниши мумкин  5 10:18Пролига. Бугун «Олимпик» дербиси бўлиб ўтади  0 09:48МЮ жорий мавсум ушбу натижага эришган ягона жамоа  5 09:20Зотеев кечаги мағлубиятдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди  37 08:51Расман. Ла Лигадан кейинги мавсум 5 та жамоа EЧЛда иштирок этади  14 08:23ЕЧЛда ҳафта рамзий жамоаси эълон қилинди  3 07:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  24 07:30Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади  3

Azamat Allaniyozov: “Navbahor” bilan yaqin orada shartnoma imzolayman” Yangiliklar

Azamat Allaniyozov: “Navbahor” bilan yaqin orada shartnoma imzolayman”

Qoraqalpog'istonlik hujumchi Azamat Allaniyozov joriy mavsum yana jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

O'tgan yili dastlab “Qizilqum” so'ngra “Buxoro” sharafini himoya qilgan 30 yoshli futbolchi yaqinda “Navbahor” yig'iniga borib qo'shildi. Xo'sh, Allaniyozov “lochinlar” safida qoladimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Azamat bilan suhbatlashdik.

- Azamat, “Buxoro” jamoasi bilan xayrlashishingizga nima sabab bo'ldi?
- Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev bilan suhbatlashib, ruhsat berishini so'radim. Ketio'imga qarshlik qilmadi va shu tariqa klub bilan do'stona ravishda xayrlashdik.

- Bu jamoada yarim mavsum o'ynadingiz. Taassurotlar qanday?
- Yomon emas. “Buxoro”da ajoyib jamoa shakllangan. U erda menga barchasi yoqdi. Klubda qolib faoliyatimni davom ettirishim ham mumkin edi. Lekin bu yil ko'proq o'ynashni istadim. Ochig'ini aytsam, bu jamoadagi faoliyatimdan unchalik ko'nglim to'lmadi. Bunday bo'lishida hech kimni aybdor deb bilmayman. Aksincha hammasiga o'zim sababchi. Baribir sobiq jamoaning kelgusi ishlariga omad tilayman.  

- Ulug'bek Baqoev ham o'z vaqtida siz kabi hujumchi bo'lgan. Bu murabbiy bilan ishlash qanday kechdi?
- Ulug'bek Baqoevni ilgari qanday hujumchi bo'lganini barcha yaxshi biladi. Milliy terma jamoadagi o'yinlarini ko'rganmiz va u kishiga bo'lgan xurmatim yuqori edi. Vaqti kelib u kishining qo'li ostida o'ynadim. Eng muhimi insoniylik jihati menga yoqdi. Futbolchi bilan qanday gaplashishni juda yaxshi biladi. Hujumchi sifatida Baqoevdan ko'p narsa o'rgandim. Xususan mashg'ulotlar chog'ida hujumchilar bilan alohida ishlab, kerakli maslahatlarini ayamasdi. Murabbiy sifatidagi debyut mavsumi ham  omadli kechdi deb aytgan bo'lardim.  

- Hozirda “Navbahor”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotganingizdan xabarimiz bor. Bu jamoaga o'tishingizga nima turtki berdi?
- “Buxoro” mashg'ulotlarida ishtirok etib yurgan paytimda “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov qo'ng'iroq qilib, meni o'z jamoasida ko'rishni istayotganini bildirdi. SHundan so'ng hammasini gaplashib olgach, namanganliklar safiga borib qo'shildim. To'g'risi, oldimda boshqa variantlar ham turgandi. Lekin “Navbahor”da o'ynashga qaror qildim.  

- Boshqa variantlar deganda, qaysi jamoalarni nazarda tutdingiz?
- O'zimizni klublardan tashqari xorijga chiqish imkoniyati ham tug'ildi. Xususan Malayziyadan chorlov bo'ldi.

- Oxirgi yillarda bir qator futbolchilar o'zlarini xorij jamoalarida sinab ko'rish maqsadida chetga yo'l olmoqda. Sizda qiziqish pastroqmi?
- Menimcha Malayziya chempionatidan o'zimizning super-liganing saviyasi yuqori. Ayniqsa bu yil 12ta jamoadan iborat bo'lgan chempionat qiziqarli va jangavor ruhda o'tishi kutilmoqda. SHuni hisobga olib, yana chempionatimizda qolib, o'ynashni istadim.

- “Lochinlar” safida qolishingiz aniq bo'ldimi?
- Hozircha rasman shartnoma imzolanmadi. Lekin og'zaki kelishuvga erishildi va katta extimol bilan bu yil “Navbahor”da o'ynayman.

- Yangi jamoadagi ilk taassurotlaringiz qanday?
- “Navbahor”dagi ichki muhit ham menga yoqdi. Tarkibdagi yigitlarni oldindan taniyman. Hammasi oddiy futbolchilardir. Jamoa meni yaxshi qabul qildi va kirishib ketishim uchun meni barchasi qo'llab-quvvatlamoqda. Nasib qilsa men ham jamoaga foyda keltirish uchun bor kuchimni ishga solaman.

- Hujumchi sifatida bu yil o'z oldingizga qanday maqsadlar qo'ymoqdasiz?
- Futbolda hujumchilarning vazifasi birinchi navbatda har bir o'yinda gol urishdir. Albatta men ham sermahsullik ko'rsatib, chempionat to'purarlari qatoridan o'rin olishni xohlayman. Umid qilamanki, bu yil men uchun hammasi ko'ngildagidek kechadi.

- “Nasaf”dan ketganingizdan so'ng sizga negadir barqarorlik etishmayapti. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- O'tgan yili meni biroz jaroxatlar qiynab qo'ydi. CHempiona boshida kutilmaganda orttirib olgan jaroxatim bir maromda o'ynab ketishimga yo'l qo'ymadi. “Buxoro” kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'ldim.  

- “Nasaf”dan ketganingizdan afsuslanmaysizmi?
- Qarshiliklar bilan ham do'stona ravishda xayrlashib ketganman. Ro'ziqul Berdiev ketishimni istagan emas. O'z qarorim bilan muhitni o'zgartirganman. Bu xayot. Afsuslanishdan foyda yo'q. Oldinga intilib yashash kerak.

- “Navbahor”da ham boshlang'ich tarkibda o'ynash kafolatlanmagan bo'lsa kerak?
- Menimcha hech bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmasa kerak. Lekin bosh murabbiy bilan o'zaro gaplashganimizda, ko'proq imkoniyat berishini takidladi. Ishonchi yuqori ekanligini ko'rib, jamoaga keldim. Raqobatdan hech qachon ko'rqmayman. Bu o'sishga olib keladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика