Azamat Allaniyozov: "Aral"ning maqsadi - chempionlik, mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz"
03 mar 21:01
Yangiliklar
Azamat Allaniyozov: "Aral"ning maqsadi - chempionlik, mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz"
Pro liga jamoalarining taraddudi ayni qizg'in pallada.
Klublar bugun bo'lib o'tgan qura tashlash marosimidan so'ng raqiblarini ham bilib olishdi. "Aral" 1-turda o'z maydonida "Respublika FA" bilan o'ynaydi."Aral" bosh direktori Azamat Allaniyozov qura va maqsadlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvalambor, O'zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabriklayman. Qura haqida fikr bildiradigan bo'lsam, yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Qura yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Pro ligada jamoalar soni ko'paygani barcha muxlislarni xursand qildi. Chempionat qizg'in va jangovar bo'lishi aniq. "Aral"ning maqsadi chempionlik va to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish",- deydi Azamat Allaniyozov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar