Azamat Allaniyazov bilan bog'liq 10 fakt
16 may 2018 13:31
Yangiliklar
Azamat Allaniyazov bilan bog'liq 10 fakt
Biz mazkur o'yindan so'ng Azamatning faoliyatiga oid ayrim faktlarni etiboringizga havola etishni lozim deb topdik.
1. Azamat faoliyatida ilk bor Super liga (Oliy liga)da "xet-trik"ka erishdi.
2. U Super ligada 108 uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta golga mualliflik qildi.
3. Allaniyazov Oliy ligadagi ilk golini aynan "Metallurg" darvozasiga kiritgan edi.
4. "Metallurg" Azamatning sevimli jamoalaridan biriga aylandi. U Bekobodliklar darvozasiga jami 4 ta gol urgan. Hujumchi "SHo'rtan"ga 5 ta va "Neftchi"ga 4 ta gol urgan.
5. Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi Super ligada jami 16 ta jamoa darvozasiga yo'l topa olgan.
6. Allaniyazov faoliyatidagi eng tezkor golni ham aynan "Metallurg" darvozaisga yo'llagan. 2013 yilgi mavsumda u ilk daqiqadayoq raqib darvozasini aniq nishonga olgan edi.
7. Azamat "Metallurg"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib 3 ta gol urdi. SHu tariqa uning zaxiradan o'yinga tushib kiritgan gollari soni 9 taga etdi.
8. Hujumchining zaxiradan tushib urgan tezkor goli 2013 yili qayd etilgan. O'shanda u "Nasaf" safida "Qizilqum"ga qarshi o'yinda 81 daqiqada tushib to'rt daqiqadan so'ng gol urgan edi. "Metallurg" bilan bahsda esa u 46 daqiqada tushib, olti daqiqadan keyin o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
8. Allaniyazov Superligada jami 56 ta o'yinda zaxiradan o'yinga tushib, shularning 7 tasida gol kiritgan.
9. Azamatning Superliga va kubok o'yinlaridagi umumiy gollari soni 36 taga etdi.
10. Futbolchi "Navbahor" stadionida ikkinchi marta gol kriitishga muvaffaq bo'ldi. Bundan oldin u 2016 yili "Nasaf" tarkibida Namanganda gol muallifiga aylangan edi.
Furqat Yusupov
Fikrlar