So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  12 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  124

Azamat Abduraimov: "Klub uchun jonini beradigan o'yinchilarni taklif etishni rejalashtirayapmiz" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Klub uchun jonini beradigan o'yinchilarni taklif etishni rejalashtirayapmiz"

"Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari bosh murabbiyi ishtirok etdi.
- Albatta bugungi o'yindagi hisobdan qoniqmadim. CHunki biz tengma-teng o'yinda mag'lubiyatga uchradik, - deb gap boshladi Azamat Abduraimov. 

- SHogirdlarim yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. "Nasaf"dek kuchli jamoa bilan jamoam tengma-teng kurash olib borgani meni judayam quvontirdi. Jamoam bugungi bahsda yomon o'ynadi deb ayta olmayman. Men shogirdlarimga bugungi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun bizga biroz omad etishmadi. "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoalardan biri. Har qanday holatda ham ularni bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoani og'ir ahvoldan olib chiqib ketishimga ishonaman. Agar ishonmaganimda oldinroq istefoga chiqish uchun arizamni yozgan bo'lardim. Bugun shogirdlarim chiroyli o'yin namoyish etishdi. To'g'ri biz judayam og'ir ahvoldamiz. Birinchi davra tugashiga yana 4 tur bor. SHu o'yinlardan keyin kerakli xulosalarni chiqaramiz. Davralar oralig'ida jamoamizda katta o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Klub uchun jonini beradigan o'yinchilarni taklif etishni rejalashtirib turibmiz. 1-davradan keyin jamoamdagi xohish bilan o'ynamayotgan o'yinchilar bilan xayrlashamiz.

- "Andijon"ning shu kungacha ko'rsatayotgan natijalari qoniqarsiz albatta. Bunga birinchi navbatda bosh murabbiy aybdor bo'ladi. SHuning uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Bizda yaxshi jamoa tashkil etilgan. Bu jamoani parchalanib ketishini xohlamayman. Yuqorilarga ko'tarilishini siz-u biz ko'rishni istaymiz. Menga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilyapman. "Andijon" muxlislariga gap yo'q. Ular qo'llaridan kelganicha jamoani qo'llab-quvvatlashib kelishmoqda. Buning uchun Nodirbek To'ychievga rahmat. Biz muhlislarni ishonchini qozonishga harakat qilamiz.

Komiljon Ikromov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика