So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Azam Aliev: "Neftchi"ning oldiga qo'ygan maqsad va sharoit Superliga jamoalarinikidan kam emas" Yangiliklar

Azam Aliev: "Neftchi"ning oldiga qo'ygan maqsad va sharoit Superliga jamoalarinikidan kam emas"

Teglar :  NeftchiAzam Aliev
Pro liga jamoalari orasida "Neftchi" selekciya ishlarida etakchilikni qo'liga olgan desak xato bo'lmaydi.

Darhaqiqat, o'z oldiga jiddiy maqsad qo'ygan jamoa tarkibga mahoratli va tajribali futbolchilarni jalb qilmoqda. SHunday ijrochilardan biri Azam Alievdir. "Hokim kubogi" birinchi turidan so'ng yarim himoyachining fikrlarini tingladik.

"Yangi jamoaga o'tganim qaysidir manoda ortga tashlangan qadam deyishim mumkin. Lekin, "Neftchi"ning oldiga qo'ygan maqsadi va bu erdagi sharoitlar Superliga jamoalarinikidan kam emas. Tarkibga jalb qilingan futbolchilar ham yaxshi saviyada. Toshkentdagi yig'inda asosan jismoniy tayyorgarlikka urg'u berildi. O'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik, xato va kamchiliklar ustida ishlashda davom etyapmiz. 

Ha, Ilhom Ibragimovich bilan "Navbahor"da ikki mavsum birga ishladik. Joriy yilda ham o'zimning o'yinlarim bilan murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman. 

O'tgan mavsum Pro liga bahslarini kuzatib bordim. SHiddat va kurash qizg'in kechdi. Superliga yo'llanmasi uchun so'nggi turga qadar intriga saqlanib qolindi. Bu yil avvalgi yildanda qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman. O'yinlarning jonli efirda translyaciya qilinishi esa muxlislarning mazkur ligaga etiborini tortmoqda. 

Vodiy derbilari hamisha murosasiz o'tishi bilan ajralib turadi. Superliga va Pro ligada ham bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlarni keskin ruhda o'tishini kutmoqdaman. 

"Hokim kubogi"ga yaxshi jamoalar taklif qilingan. Uchrashuvlar qiziqarli bo'lmoqda", deydi Azam Aliev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика