Ayollar o'rtasidagi ECHLda chorak finalchilari malum bo'ldi. “Real”, “Yuve” va “Benfika” musobaqa bilan erta xayrlashdi
23 dek 2022 09:25
Yangiliklar
Ayollar o'rtasidagi ECHLda chorak finalchilari malum bo'ldi. “Real”, “Yuve” va “Benfika” musobaqa bilan erta xayrlashdi
Musobaqaning guruh bosqichi o'z yakuniga etdi.
Unga ko'ra, chorak finalga “CHelsi”, PSJ', “Volfsburg”, “Roma”, “Arsenal”, “Lion”, “Barselona” hamda “Bavariya” ayollar jamoalari yo'l oldi.
1/4 hamda 1/2 finalga qura tashlash marosimi 2023 yil 10 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Turnirning amaldagi g'olibi “Lion” hisoblanadi. Eng ko'p titul ham aynan “sherlar” hisobida – 8 ta.
Eslatib o'tamiz, ayollar o'rtasidagi ECHL 2022/23 yilgi mavsum finali 2023 yil 3 iyun kuni Eyndxovendagi “Filips” stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar