So’nggi yangiliklar

10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  0 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  0 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  2 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  15 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  4 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  17 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  11 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  18

"Ayollar odam emasmi?" - "Navbahor"ga ataladi Yangiliklar

"Ayollar odam emasmi?" - "Navbahor"ga ataladi

"Championat.asia" tahririyatiga ayollar futboliga befarq bo'lmagan futbol mutasaddisidan murojaat kelib tushdi.

Unda Oliy Liga 19-turi doirasida o'tgan "Qizilqum-W" va "Navbahor-W" o'yini (2:1) atrofidagi fikrlar aks etgan. Takidlanishicha, Namangandan Navoiyga safar qilgan "lochinlar"ning ayollar jamoasiga etarli sharoitlar yaratib berilmagan va Karima Yo'ldosheva shogirdlari yo'lda ancha qiynalib qolishgan. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida saytimiz jurnalisti Malika Kushbakova "Navbahor-W" futbolchisidan fikr oldi.

"Professional futbolda jamoa safar o'yinlariga 1 kun oldin borib, dam olishi, ob-u havoga moslashganidan keyin maydonga chiqishi kerak. Biz esa o'yin kuni saharda yo'lga tushdik. Taksida 12-13 soat yurib, Navoiyga etib bordik va oyoqlarimiz shishgan holatida darhol maydonga tushdik. Yo'lning o'zi bor kuchimizni olib qo'ygandi. (24 oktyabrda "Paxtakor" maydonida o'tgan o'yin ham xuddi shunday bo'ldi)

Mayli, amallab 90 daqiqani o'tkazdik. Uchrashuv tugaganidan keyin tez-tez kiyim almashtirib, yana yo'lga otlandik. To'g'risi, bu juda ham qiyin. 13 soat yo'lda yurasiz, o'yindan keyin tunda yana 13 soat yurib uyga qaytishimiz kerak. Tushuning, biz qiz bolamiz, ayollarmiz! Ota-onalarimiz bor. Kechqurun yo'lga chiqyapmiz. Ular bizdan xavotirlanishmaydimi?

Erkaklar futbolida bunday bo'lishini tasavvur qilolasizmi? To'g'ri, Superliga bu — Superliga, ularga berilgan etiborni talab qilolmaymiz. Lekin bizga ham ozgina sharoit berilishini so'ragan bo'lardim. Qaytaraman, biz qizlarmiz va bunday mug'itga munosibmasmiz.

Nega "Sevinch", "So'g'diyona" yoki "Bunyodkor"ning ayollar jamoasi yaxshi natija ko'rsatadi, deb o'ylaysiz? CHunki ularga etibor juda ham kuchli. O'zim "qaldirg'ochlar" safida o'ynaganman. Ko'z tegmasin, "Bunyodkor"da sharoitlar ancha yaxshi: safar o'yiniga 1 kun oldin boradi, eb-ichish, yurish-turish, hamma narsasi joy-joyida...

"Qizilqum-W" safari haqida gapirsam, 1 va 2-ovqat yo'q. Ulardan birini tanladik. Ko'cha mashinasida bordik. 1 lasettiga 4 qizni joylashtirishdi. Har doim shunday bo'ladi. Hech bo'lmsa, 3 tadan futbolchi 1 mashinaga chiqarilganida ham orqadagi qizlar bemalol ketishi mumkin. Tasavvur qilyapsizmi? 13 soat siqilib borasiz va 90 daqiqa futbol o'ynashingiz kerak. 

Maosh borasida ham maqtanolmaymiz. Uydagilarim doim aytishadi: oyog'ing, qo'lingda doim jarohat, kechalari yo'lda yurasan, topayotgan puling bunga arzimaydi. Bu gaplarim bilan "Navbahor"ni kamsitmoqchi emasman. Lekin, ayollar jamoasiga etibor juda ham sust. Ovqatlanish tomonlama ham, maosh borasida ham. "Metallurg"da ham, "Bunyodkor"da ham o'ynaganman. Namangandagi sharoit ularning 1 foiziga ham etmaydi. Ayollar futbolida faqat "Navbahor"da "premiya" yo'q. Oxirgi o'rinlarda yurgan "Nurafshon"da ham, "Qizilqum"da ham mukofot puli bor, bizda yo'q. Buni qo'ya turing, 2-3 oylab maosh olmagan paytlarimiz bo'ldi, juda qiynaldik. Axir tushuninglar, ayol kishi uchun bu juda qiyin", — dedi "Navbahor"ning 2002 yilda tug'ilgan hujumchisi Tojinisoxon Rashidova (u ayni paytda O'zbekiston YTJ azosi ham).

SHundan keyin saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev "Navbahor"ga yaqin manbalardan bu borada malumot oldi. Takidlanishicha, ayollar jamoasining safar o'yinlarida har bir qizning ovqatlanishi uchun 60 ming so'mdan ajratiladi. SHu o'rinda "Navbahor"ning asosiy jamoasiga beriladigan etiborga qarang: Belenkovga necha milliard tovon puli to'langaniyu Andrey Antanasovich talab qilayotgan raqamlarni eslang...

Xafsalasi pir bo'lgan muallif bu holatga shaxsiy munosabatini bildirishdan uyaldi va OAV bilan munosabatlarda "ekstra" darajada faol "Navbahor" matbuot xizmatidan izoh kutadi. Xulosa o'zingizdan! 

Janjal, penalti, qahramon — chorak finalning qiziqarli raqamlari 

Muallif :
Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика