So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Ayollar futboli. XXIII chempionat: Metallurg besh daqiqa kam chempion! Yangiliklar

Ayollar futboli. XXIII chempionat: Metallurg besh daqiqa kam chempion!

Mamlakatimizda ayollar futbolining so'nggi o'n besh yilgi davri Qarshining “Sevinch” jamoasi muvaffaqiyatlari bilan bog'liq bo'ldi.

2003 yilgi chempionatda bronza medallarini qo'lga kiritgan qarshiliklar kelasi yilgi mavsumdan kumush medallarni maqsad qilishgandi. Kutilmaganda futbolchi qizlar oltin medalga erishib qo'ya qolishdi. O'sha mavsumda jamoa bosh murabbiyi Vladislav Xan va jamoa sardori Gulnora Azamovaga jamoa homiysi va egasi “SHo'rtangazkimyo” majmuasi tomonidan mukofot sifatida avtomashina hadya etilgandi. Taqdirlash marosimida  korxonaning o'sha paytdagi  rahbari Alisher Sultonov 2005 yilgi mavsumda jamoa yana oltin medallarga sazovor bo'lgan taqdirda asosiy tarkibning barcha azolariga, yani o'n bir nafar futbolchiga o'zimizda ishlab chiqilgan avtomashina kalitlarini topshirishini vada qilgandi. Biroq chempionatning so'nggi turlaridagina qarshiliklar “Andijanka” “to'sig'idan” o'ta olmay, yakunda kumush medal bilan kifoyalanishgandi. 2006 yilgi mavsumdan to shu yilga qadar esa “Sevinch” bosh sovrinni birovga bermay keldi. “Sevinch” bisotini ketma-ket o'n bir marotaba, umumiy olganda esa o'n ikki marotaba  oltin medal bilan to'ldirdi.

Salkam o'n besh yil mobaynida “Sevinch”ni birgina “Andijanka” jamoasi doimiy taqib qilib kelgandi. Goh chempionatda, goh Kubok o'yinlarida bosh sovrinlarga aynan shu jamoalar davogarlik qilishgandi. Ikki yil muqaddam andijonliklarning ko'p yillik ustozlari Miron Kim vafot etgach, jamoani omad ham tark etdi. Ko'pkarra chempion va Kubok sohibi “Andijanka” bugunga kelib o'rtamiyonalar qatoridan joy oldi. Biroq “Andijanka”ning “ortga chekingani” “Sevinch”ning yakka peshqadamligini taminlamadi – uch-to'rt yildirki “Metallurg” jamoasi faqat yuqori o'rinlar uchun kurash olib borib, “Sevinch”ning “tinkasini quritib” kelmoqda. Garchi chempionat o'yinlarida atigi bir-ikki ochkolarga ortda qolib, yakunda kumush medallarga erishib kelayotgan bo'lsa-da, Kubok va Superkubokni “Sevinch”dan tortib olishga muvaffaq bo'ldi. Nihoyat, bekobodliklar bu yil o'z orzu va umidlariga etishadigan bo'lib turishibdi. CHempionatdagi asosiy taqibchisi “Sevinch”ni ikki o'yinda  – uyda va safarda ham mag'lub eta olgani, qolaversa, qarshiliklarning kutilmaganda “SHo'rtan”ga yutqazib qo'yishgani “Metallurg”ning muvaffaqiyatini taminlamoqda. SHerali Boboqulov shogirdlari amaliy jihatdan oltin medalli bo'lishdi, biroq buni futbol deydilar, oldinda sakkiz tur bor, nazariy jihatdan nafaqat “Sevinch”ning, balki “Bunyodkor”ning ham imkoniyatlari bor hali.

Xo'sh, o'n ikki karra chempion “Sevinch”ga nima bo'ldi? Ularning “shohsupadan” tushishlariga majbur etayotgan narsa nima?

Bir paytlar jamoaning bosh homiysi “SHo'rtangazgimyo” majmuasi o'z futbolchilarining nafaqat milliy chempionat o'yinlarida, balki vakillari ko'pchilikni tashkil etgan mamlakat terma jamoalaridagi faoliyatini ham jiddiy nazorat qilar, hech qanday muammo va kamchiliklarga yo'l qo'yib bermas edi. Tashkilot hamon jamoa muassisi hisoblanadi, hamon yordamini berib kelmoqda. Ammo tan olish kerak, taminlov avvalgidek emas. Natijada jamoa asosiy tarkibining ko'pchiligi boshqa klublarga yo'l olishdi. Faktlarga murojaat etaylik. “Sevinch”ning etakchilari hisoblangan, uning muvaffaqiyatlariga ko'p hissa qo'shgan Maxliyo Sariqova, Maxfuza Turopova, Feruza Turdiboeva, Zumrad Nazarova, Dildora Nizomova bugun “Metallurg” safida to'p surishmoqda. Olga Qahhorova, Mariya Moiseeva, Luiza Toshmetova, Aziza Ermatova, Ezoza SHaripova singari mohir darvozabon va o'yinchilar “Bunyodkor” tarkibida sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqdalar. Sadoqat Ro'zieva, Fazilat Bahromova, Uldona To'xtaeva, Dildora Ergasheva, jamoaning ko'p yillik chempionat to'purari Zebo Jo'raeva“SHo'rtan”ga bepul ijaraga berilsada, ilk turdayoq dugonalaridan uch ochko tortib olib, “Sevinch”ni noqulay ahvolga solib qo'ydilar. “Sevinch”ning barcha muvaffaqiyatlarida bosh sababchi bo'lgan Kamola Usmonova esa bugun “Qizilqum-Guli” tarkibidan joy olgan. Ko'rib turganingizdek, butun boshli jamoa tarqalib ketgan. SHunday bo'lsa-da, “Sevinch” “taqdirga tan berayotgani” yo'q, klub qoshida faoliyat yuritayotgan futbol maktabi tarbiyalanuvchilari evaziga hamon kuchlilarga jiddiy qarshilik ko'rsatishda davom etayotir. Tarkibi asosan yoshlardan iborat jamoaning oltin bo'lmasada, kumush, kamida esa bronza medali bilan taqdirlanishining o'zi ham katta gap...


Izoh:

“Sevinch” 18 va 19-tur o'yinlarini muddatidan oldin o'tkazib oldi – “Qizilqum”ni 10:0, “Mashal”ni esa 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
2 oktyabrda 15-turga start beriladi.

Oybek Yunusov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика