So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Aybek Nurbaev: "O'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "O'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Aral" - "Jayxun" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, barcha futbol muxlislarini Pro liga yangi mavsumining ochilishi bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, "Aral"ga qarshi tengma-teng o'ynay oldik deb hisoblayman. Gollarni o'z xatolarimiz evaziga o'tkazib yubordik. Tarkibimiz o'zimizning mahalliy yosh futbolchilardan iborat. Shunday bo'lsa ham kuchli jamoaga qarshi munosib qarshilik ko'rsata oldik.

- "Jayxun" jamoasi birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Ikkinchi bo'limda charchab qolgandek ko'rindi ...

- Yo'q, men bunday deb aytmagan bo'lardim. Biz har ikki bo'limda ham tengma-teng o'ynay oldik. Gollar o'z xatolarimiz evaziga yuzaga keldi. Yigitlarda charchoq sezilgani yo'q, biz oxirgi daqiqalarga qadar jismoniy jihatdan faollik ko'rsatdik.

- Bir necha kundan keyin "Jayxun" O'zbekiston Kubogidagi yurishini boshlaydi. Jamoa oldida ushbu turnirdagi maqsad qanday?

- Biz har bir o'yinga maksimal tayyorlanamiz. Kubokda bitta uy, ikkita safar uchrashuvimiz bor. Aytib o'tdim, tarkibimiz yosh futbolchilardan shakllangan. Bu yildan Pro ligada o'ynaymiz, bu kichkina chempionat emas, munosib ishtirok etishimiz lozim.

- Asadillo Quttiboev zaxiraga olinganiga sabab nima?

- Asadillo Quttiboev iqtidorli futbolchi. Oldindagi o'yinlarini o'zini ko'rsatishiga shubhamiz yo'q. Bugun negadir o'z darajasida o'ynay olmadi. Shu bois uni zaxiraga oldik.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика