So’nggi yangiliklar

10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  1 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7

Avstraliya U-23 termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan: "Qizil kartochkadan so'ng kuchni to'g'ri taqsimlab, o'yin strukturasini o'zgartirdik" Yangiliklar

Avstraliya U-23 termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan: "Qizil kartochkadan so'ng kuchni to'g'ri taqsimlab, o'yin strukturasini o'zgartirdik"

U-23 Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Avstraliya U-23 va Iroq U-23 termalari o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O'yindan so'ng,  Avstraliya U-23 termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Bu uchrashuvda ikkala jamoa ham vaziyatlar yaratdi.  G'alaba qozona olmadik. Ammo ikki o'yinda ham ochko olishni uddaladik. Bu esa yaxshi. Bizda ikki ochko bor. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyati ham saqlanib turibdi.

- Bugun raqib ham yaxshi taassurot qoldirdi. SHu haqida fikringiz..

- Albatta, bugun Iroq kuchli o'yin taqdim etdi. Iroq tarkibida bir nechta sifatli o'yinchilar bor ekan. Texnika, kurashish va yana bir necha jihatlar bo'yicha ular ajralib turishdi.

- Bir kishi kam bo'lib qoldingiz. SHu haqida fikringiz...

- Ha, 17 daqiqadagi qizil kartochka biz uchun juda qiyin sinov bo'ldi. Biz kartochkadan so'ng kuchni to'g'ri taqsimlab, o'yin strukturasini o'zgartirdik.

- Qaysi futbolchilar bu o'yinda yaxshiroq o'ynadi?

- Bu savolga javob berish menga qiyin. Yigitlarim zo'r o'ynashdi. Iroq termasining sardori ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. 10 va 11-raqamdagi o'yinchilar ham Iroq uchun ko'p ish qilishdi. 

- Qizil kartochka kartochka ko'rsatilgan munosabatingiz qanday

- Qaror qabul qilingandi. Biz hech nima qila olmasdik. Kamchilikda o'ynashga moslashdik. Vaziyatni hali ko'rmadim. Ammo o'yinchi o'sha vaziyatda to'pga harakat qilmoqchi edi. Hakam tomonidan qaror qabul qilindi. Biz esa bunga moslashishga majbur bo'ldik. 

- Juda chiroyli tarzda kiritilgan golingiz haqida gapirsangiz...

- Hech kim kutmagandi. Ammo biz bu golga loyiq edik. O'yinchi zo'r harakat qildi. Futbolda bunday gollarni ko'rish ajoyib.

- Keyingi o'yinda ikkita yo'qotish bor. Bu jamoaga qanchalik tasir o'tkazadi?

- Bizda 23 ta o'yinchi bor. Ularning hammasidan foydalanishni niyat qilganmiz. O'zimizga ishonch yuqori. Bu muammo bo'lmaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика