So’nggi yangiliklar

18:35Қозоғистон — Бельгия. Таркиблар маълум  0 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  23 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  3 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  7 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   13 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  9 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  19 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  19

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Raqiblar haqida emas, ko'proq o'zimizga etibor qaratishimiz kerak" Yangiliklar

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Raqiblar haqida emas, ko'proq o'zimizga etibor qaratishimiz kerak"

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va futbolchi Jekson Irvin Hindistonga qarshi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Janob bosh murabbiy, musobaqa haqida qisqacha fikrlaringiz.

- SHu kunlar keldi, biz Osiyo kubogiga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik. Qatar katta musobaqalar o'tkazish uchun ajoyib mamlakat. Bir yil avval shu erda jahon chempionati bo'lib o'tgandi. Biz ushbu musobaqaga tayyormiz.

 Jekson Irvin

- Jekson ertangi uchrashuv va turnir haqida fikrlaring bilan bo'lishsang

- Osiyo kubogida ishtirok etish har doim yoqimli. Ushbu musobaqaga uzoq vaqt tayyorlandik. Mundialdan so'ng Osiyo kubogi haqida o'ylashni boshlagan edik. Qatarni yaxshi bilamiz va ushbu mamlakat katta turnirlar o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega.

Grem Arnold

- Raqiblar haqida nima deya olasiz?

- Ertangi uchrashuvimiz Hindistonga qarshi kechadi. Barcha futbolchilar musobaqaga tayyor. Biz ko'proq o'zimizga etibor berishimiz kerak, hali raqiblar haqida ko'p o'ylaymiz va ularni tahlil qilamiz.

 

- Janob murabbiy, Avstraliya ushbu musobaqada g'olib bo'lishiga ishonasizmi? Terma jamoaning chempionlik imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Biz bu erga maqsad bilan kelganmiz. Albatta biz o'z maqsadimiz uchun harakat qilamiz. Maqsadimiz chempionlik va barcha terma jamoa azolari ushbu maqsadga erishish uchun borini berishadi. Qatar ham bizga begona davlat emas. Qatar biz uchun qulay mamlakat, ushbu shaharda o'zimizni uydagidek his etamiz.

- Darvozabonimiz Metyu Rayanning jarohati bor edi. U ertangi o'yinda maydonga tusha oladimi?

- Ha, ertangi uchrashuvga barcha futbolchilar tayyor, shuningdek Metyu Rayan ham. Terma jamoaga yordam bera oladigan futbolchilar ham etarlicha, bizda iqtidorli yosh futbolchilar ham bor.

Jekson Irvin

- Hindiston terma jamoasidagi qaysi futbolchiga ko'proq etibor bermoqdasizlar? Qaysi futbolchi Avstraliyaga ko'proq muammo tug'dirishi mumkin.

- Hindiston terma jamoasining texnikasi yaxshi deb ayta olaman, ammo qaysidir futbolchini belgilab eta olmayman. Biz 11 kishiga qarshi o'ynaymiz, bir futbolchiga qarshi emas.

Grem Arnold

- Avstraliya terma jamoasi musobaqani Hindistonga qarshi uchrashuv bilan boshlashi sizning jamoangizga ustunlik beradimi? Sababi Avstraliya terma jamoasi Hindistondan ancha ustun?

- Guruhimizdagi jamoalar bilan tanishman va ayta olamanki barcha jamoalarga qarshi o'yinlar oson kechmaydi. Ertaga Hindistonga qarshi uchrashuv bizni kutib turibdi va biz bo'lajak bahsga tayyormiz.

- Himoyaviy futbol tarafdori ekanligingizni bilamiz, siz ushbu turnirda ham o'z falsafangizga sodiq qolasizmi?

- Ha, tartibli himoya musobaqalarni yutadi. Biz agar gol o'tkazmasak, g'alaba qozonish uchun bita gol ursak bo'lgani holos.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика