So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

Avstraliya bosh murabbiyi: "Biz yana muxlislarga quvonch ulashishni xohlaymiz" Yangiliklar

Avstraliya bosh murabbiyi: "Biz yana muxlislarga quvonch ulashishni xohlaymiz"

Ertaga Avstraliyaning Sidney shahrida muxlislar yana bir muhim bahs guvohiga aylanishadi.

JCH-2018 yo'lida kurash olib borayotgan Avstraliya va Suriya milliy terma jamoalari ertaga pley-off javob bahsida maydonga tushishadi. Xabaringiz bor, Malayziyada bo'lib o'tgan birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ertangi o'yin Toshkent vaqti bilan 14:00da start oladi. 

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ange Postekoglu "sokkeruzlar" Suriyaga qarshi javob bahsida g'alaba qozonishiga ishonmoqda. Ertangi bellashuv Sidneydagi eng katta stadionda bo'lib o'tadi. Bu stadionda Avstraliya 2015 yil Osiyo Kubogi finalida o'ynab, Janubiy Koreyani 2:1 hisobida mag'lub etgan va bosh sovrinni qo'lga kiritgan. 

Murabbiyning ertangi o'yin oldidan fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

"Bu stadion bilan bog'liq bizda ajoyib xotiralar saqlanib qolgan", - deydi Avstraliya termasi ustozi Ange Postekoglu. - Hozirgi tarkibning 80 foizi chetda o'ynamoqda, bu stadionga kelganda hamma maza qilib to'p tepgisi keladi". 

"Jamoa bo'lajak uchrashuvga tayyor. Biz Suriyani mag'lub etib muxlislarga quvonch ulashishni xohlaymiz. Futbolchilar terma jamoada o'ynash faqat o'zlari uchun emas, balki oilalari, qarindoshlari va Vatan uchunligini juda yaxshi bilishadi". 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика