Avazbek O'lmasaliev: "OKMK uchun kambek yangilik emas, bu "Real" kabi odatiy holga aylangan"
24 apr 03:23
Yangiliklar
Avazbek O'lmasaliev: "OKMK uchun kambek yangilik emas, bu "Real" kabi odatiy holga aylangan"
Shiddatli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda mezbonlar 0:2 mag'lubiyatini 3:2 g'alabaga aylantirishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng OKMK himoyachisi Avazbek O'lmasaliev fikrlarini bildirdi.
"To'g'ri, kambek qilib g'alaba qozondik. Lekin bu tarixga aylandi. Endi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Bu bilan to'xtab qolish kerak emas. Umuman kambek OKMK uchun yangilik hisoblanmaydi, bu biz uchun odatiy holga aylangan xuddi "Real" kabi.
Menimcha, raqib ikkinchi bo'limda bizni qarshi hujumda jazolamoqchi bo'ldi. Bizda esa o'zimizga ishonch yuqori edi. Aynan shu narsa ustunligimiz bo'la oldi. Bilasiz, o'tgan yili guruhda alamli tarzda qolib ketgandik. Bu mavsumda esa guruhdan chiqib olishimiz shart. Ishonch bor, ammo xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo'q",- deydi Avazbek O'lmasaliev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar