So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Avazbek O'lmasaliev: "Avtogol? O'zimizga emas faqat "Qo'qon-1912"ga urganimda undan ham zo'r bo'lardi" Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Avtogol? O'zimizga emas faqat "Qo'qon-1912"ga urganimda undan ham zo'r bo'lardi"

OKMK jamoasi Superliganing 9-turida Qo'qonda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda hisobda ortda borayotgan Mirjalol Qosimov shogirdlari odatdagidek yakunda kambek qilgan holda g'alabani o'ziniki qildi. Jamoa himoyachisi Avazbek O'lmasaliev dastlab o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan bo'lsa, keyingi daqiqalarda raqib darvozasiga gol urib aybini yuvdi deya olamiz. O'yindan so'ng futbolchining fikrlarini tingladik.

"O'yinga keladigan bo'lsak, barchasi yaxshi o'tdi deb o'ylayman. G'alaba qozondik va bundan xursandmiz. Bu g'alaba tarixga aylandi, endilikda navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 

Fikrimcha, birinchi bo'limda yomon to'p tepayotganimiz yo'q. Vaziyatlarimizni golga aylantira olmayapmiz. Realizaciyadagi kamchiliklarimizni to'g'irlay olsak hammasi joyiga tushadi. Birinchi bo'limda gol o'tkazayotganimiz yoqimsiz holat bo'lyapti. Muhimi vaziyatdan chiqib ketmoqdamiz. G'alabada jamoadagi har bir insonning hissasi katta. 

Har bir o'yinga yutish uchun chiqamiz. Kambek qilmasdan ham zafar qucha olamiz. Avtogol va golga kelsak, o'zimizga emas faqat raqibga urganimdan undan ham zo'r bo'lardi",- deydi Avazbek O'lmasaliev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика