"Aston Villa" "CHelsi"ga kerak bo'lmay qolgan Sterlingni olib kelmoqchi
23 avg 12:28
Yangiliklar
"Aston Villa" "CHelsi"ga kerak bo'lmay qolgan Sterlingni olib kelmoqchi
"Aston Villa" "CHelsi" vingeri Rahim Sterlingni tarkibga qo'shib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.
29 yoshli Sterlingga "CHelsi" bosh murabbiyi Enco Mareskaning rejalarida o'rin yo'q, u allaqachon Rahimga yangi klub topishni maslahat bergan.
"The Guardian" nashrining yozishicha, Sterling "Villa Park"da boshpana topishi mumkin. Birmingem klubi aynan hujumkor futbolchi qidirmoqda.
"Villa" "CHelsi"da haftasiga 325 ming funt maosh oladigan Rahimning maoshi borasida kelishuvga erishsa, Sterlingni ijaraga olishga tayyor.
"CHelsi" va "Villa" butun yoz davomida aloqada bo'lib turibdi. Ikki klub Omari Kelliman va Yan Matsenning transferlarini amalga oshirishdi, shuningdek, Konor Gallager va Jon Duran bo'yicha muzokaralar olib borishdi.
Fikrlar