So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  6 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Asror G'ofurov: “Yangi jamoam OCHLda ishtirok etadi” Yangiliklar

Asror G'ofurov: “Yangi jamoam OCHLda ishtirok etadi”

Tajribali yarim himoyachi Asror G'ofurov faoliyatini Bangladesh chempioni “Bashundxara Kingz” safida davom ettiradi.

Futbolchi ushbu klub bilan shartnoma imzoladi. SHundan keyin G'ofurov bilan bog'lanib, yangi jamoaga o'tishi yuzasida fikrlariga quloq tutdik. 

- Asror, “Bashundxaraga” o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Men bundan avval “Saif” klubida o'ynagandim. CHempionat yakuniga etishiga oz vaqt qolganda, agentim “Bashundxara”dan taklif bo'layotganini aytib qoldi. Natijada, biz klub tomonidan berilgan barcha sharoitlarni ko'rib chiqdik. Hammasi meni to'laqonli qoniqtirdi va kelishuvga erishdik. Bilasiz, “Bashundxara” yangi mavsumda Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etadi. SHu jihatlari meni yanada o'ziga jalb qildi. 

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- Kelishuv bir yilga mo'ljallangan. 

- Avvalgi klubingiz sizni olib qolishga harakat qilmadimi?

- Bilasizmi, “Saif Sporting” yangi mavsumda Bangladesh Premer-ligasida o'ynamaydi. Klub rahbari federaciyadan shunday qarorni olgan va ular chempionatdan chiqib ketdi. 

- CHempionat darajasi borasida qanday fikrdasiz?

- Hammasi yaxshi. Yildan-yilga chempionat o'yinlari qiziqarli bo'lmoqda. Rivojlanishda davom etmoqda. Bu yildan chempionatda legionerlar soni oshirildi. Ilgari 4 ta futbolchi o'ynagan bo'lsa, hozirda limit 5 taga etkazildi. Stadionlari yaxshi holatga keltirmoqda. To'g'ri, bu erda kriket asosiy sport turi hisoblanadi. SHunga qaramay, futbolga ham bosqichma-bosqich etibor berilgan. Klublar yaxshi legionerlar xizmatiga tayanmoqda. 

- Bu erda o'zbekistonlik futbolchilar soni oshmoqda. Bunga asosiy sabab nimada?

- Bizda futbol ancha yuqori. Eldor SHomurodov va Jalol Masharipov singari futbolchilar chet klublarida o'ynab, futbolimiz nomini yanada tanitmoqda. Terma jamoamiz ham yaxshi natijalar qayd etmoqda. Qolaversa, Bangladeshga kelayotgan futbolchilar ham yaxshi o'ynamoqda. O'zlarini ko'rsatmoqda. Tabiiyki, klublarda o'zbekistonlik charm to'p ustalariga o'lgan qiziqishi ortmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика