So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  5 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  30 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Asror Aliqulov: "Yo'qotishlarni hisobga olsak, durang biz uchun kerakli natija" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Yo'qotishlarni hisobga olsak, durang biz uchun kerakli natija"

Pro-liganing 13-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Kurashga boy o'yin bo'ldi desam to'g'ri bo'ladi. Jismoniy holat va xarakter yuqori darajaga chiqqan uchrashuv guvohiga aylandik. Havoning biroz issiqligi ham futbolchilar maydonda o'z mahoratlarini to'liq ko'rsata olishlariga to'sqinlik qilgandir. Oxirgi daqiqalargacha asabiy o'yin bo'ldi. Yo'qotishlarni hisobga olsak, durang biz uchun kerakli natija edi deb aytsak bo'ladi.

- Bugun himoyaviy uslubni reja qilganmidingiz?

- Yo'q, biz chuqur himoyaga yotib oladigan reja tanlamadik. Bizga ko'proq maydon holati xalal berdi. Biz qisqa uzatmalar bilan o'ynaymiz, lekin maydondan kelib chiqib boshqacharoq uslubga o'tdik. Himoyada yotvolib qarshi hujum rejamiz yo'q edi.

- Har ikki ligada ham ishlagan mutaxassis sifatida Superliga va Pro-liganing farqini qanday baholaysiz?

- Pro liga bu yilgi mavsumda jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin. Superliganing ham darajasi anchayin oshdi. Pro-liga klublari tarkiblariga etibor qaratsangiz, Superligada o'ynagan ko'plab futbolchilar bor. SHu bois Pro-ligada ham hech bir uchrashuvni o'tkinchi o'yin sifatida baholab bo'lmaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика