So’nggi yangiliklar

00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  55 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  3 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  17 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9

Asror Aliqulov: "O'rindiq kimga kerak bo'lsa kelib o'tirishi mumkin" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "O'rindiq kimga kerak bo'lsa kelib o'tirishi mumkin"

Pro liga 15-turdan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Neftchi"(1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Jamoalar to'rttadan ikkiga bo'lingach har bir o'yin finaldek o'tadi. Futbolchilardan sergaklikni yo'qotmagan holda xato qilmaslikni so'ragandik. Natija uchun o'ynadik. Bu ularga masuliyat va bosim yuklaydi. Futbolchilarning kamligi bizga tasir qilmoqda. Dastlabki daqiqalardan maydon markazini 2002 yilda tug'ilgan futbolchiga ishonishga majbur bo'ldik. Kim birinchi to'p kiritsa rejalar o'zgarib ketardi. Birinchi vaziyat bizda yuzaga keldi. Lekin hujumchimiz yaqin masofadan gol ura olmadi. "Neftchi" hujumchisi himoyachilarimizni xatosidan foydalandi. 0:2 dan so'ng umidlar so'ngan edi deyishim mumkin.Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytib qolaman. 

Bu "Neftchi" bilan to'rtinchi o'yinimiz hisoblanadi. Jamoalar bir-birini o'rganmoqda. Masalan bugungi o'yinda raqibni qarshi hujumda o'ynashini kutgan edik. Ko'rayotgan bo'lsangiz vaziyatlar yaratishda standartlarga va yuqoridan uzatmalarga bog'lanib qolyapmiz. Bularning hammasi saviya etishmaganidan.

Raqib yotib olib yoki o'yinni cho'zib g'alaba qozondi demagan bo'lardim. Futbolda har xil vaziyatlar bo'ladi. "Neftchi"ga gollarni o'zimiz padarka qildik. 

Samandar SHodmonov o'yinni kuchaytirdi. Qarorlar chiqarishda unda tajriba katta. Yosh futbolchilarda shoshma-shosharlik kuzatilmoqda. Bu esa raqibga foyda bo'ldi.

Keyingi turdagi raqibimiz "Turon" bizdan bir kun ko'p dam oladi. Bizni vazifamiz jamoani tayyorlash. Hozirda hammadan ham ruhiy tomonlama futbolchilarni tiklashimiz lozim. Eng achinarlisi biz futbolchilarni o'rniga boshqa birorta o'yinchini qo'ya olmaymiz. Transfer taqiqidan so'ng ayrim futbolchilarning jamoaga bo'lgan munosabati o'zgargani murabbiy uchun og'ir. Jamoaning taqdiri ikkinchi darajali bo'lib qolgan. Afsuski, bu jamoaga faqat qiyinchilik keltirmoqda. Bor futbochilar bilan mavsumni yakunlashga majburmiz. Ikkinchi darvozabonimiz Mirzohir Mamatxonov jamoani tark etdi, mavsum boshida uni asosiy tarkibga kiritgan edik. Lekin oxirgi o'yinlarda sustkashlikka yo'l qo'ydi. Keyinchalik Akmal Rahimovga ishonch bildirdik. Unga moliyaviy jihatdan yaxshiroq bo'lgan jamoadan taklif tushganligini aytdi, jamoada o'ynash niyati yo'qligi bois qo'yib yubordik. 

Muxlislar gohida noo'rin savollar berishadi. O'zini muxlis deb hisoblaydida G'uzordan tarkibda nechta futbolchi bor deyishadi. Ular asosiy tarkibda o'ynayotgan futbolchilarni tanimasa qanday muxlis bo'lishi mumkin. Bu davrgacha jamoada qanday murabbiy ishlagan bilmadim. Ayni payt men ishlayapman, asosiy tarkibda to'rt nafar g'uzorlik futbolchi harakat qilmoqda. Bu "SHo'rtan" tarixida bo'lmagan bo'lsa kerak. Ishonch bildirmoqdamiz. Familiyalar berishadi va jamoadan haydashimni so'rashadi. Futbolchi yo'q bizda, ularni haydasak biz kim bilan o'ynaymiz. SHu bois oxirgi mashg'ulotlarda U18 jamoasidan uch nafar futbolchini jalb qildik. Futbolchi etishmaganligi sezilmoqda baribir. 

O'tgan mavsum viloyat akademiyasida harakat qilgan bola bu yil katta o'rinlar uchun kurashayotgan jamoada to'p tepmoqda. Ularni ruhiy tomondan tiklashga harakat qilamiz. Muxlislarning gapi qanchalik og'ir botmasin men o'z futbolchilarimni oxirigacha himoya qilaman. O'rindiqni bo'shat deyishadi, o'sha insonga shu o'rindiq kerak bo'lsa kelib o'tirishi mumkin. 

"Neftchi"ni 2:1 hisobida yutgan o'yinimizda oxirgi daqiqalarda muxlislar futbolchilarni va jamoani haqoratlashdi. Ikkinchi golni urganimizdan so'ng esa jim bo'lib chiqib ketishdi. Futbolchilarning qandaydir kamchiligi bo'lsa biz sezamiz. Jamoaning yutug'i muxlislardan ham avval bizga kerak. Ishqibozlar biror gap aytishdan oldin biroz o'ylab ko'rishsa yaxshi bo'lardi",- deydi Asror Aliqulov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика