Asror Aliqulov: "Mashal" har doim yuragimda"
21 may 2022 20:55
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Mashal" har doim yuragimda"
"Maydonga g'alaba uchun chiqamiz. Lekin bu oson emas. Qolaversa, bugun o'zgacha derbi edi. Futbolchilarga bunday o'yinlar boshqacha bo'lishi, har bir to'p uchun kurashish kerakligini aytgandik. Raqib tarkibida mahoratli futbolchilar bor. SHu bois oldinroqda bosim qilishimiz, imkon bermasligimiz kerak edi. O'ylaymanki, futbolchilarim mehnat qilish evaziga g'alaba qozondi. Futbolchilarimizga mahorat etishmasligi rost. Ayniqsa, oxirgi pasni berishda qiynalishmoqda. Futbol kutib turmaydi.

Mashal"da ishlaganim keyinchalik foyda keltirdi. Ularning imkoniyatini bilganim uchun osonroq bo'ldi. Bu jamoa har doim yuragimda. Zoirovning vaziyati golli edi. Bu payt butun hayol gol urishda bo'lishi kerak edi. Birinchi davrada ko'p jamoalarga ochko ulashdik, deya olaman. Individual xatolar bunga sabab bo'ldi. Jadvaldagi o'rnimizdan qoniqmadik. Davralar oralig'ida markaziy himoyachi, tayanch va hujumga futbolchi olishimiz lozim. Imkoniyatimizdan kelib chiqib futbolchi chaqiramiz" - deydi g'uzorliklar bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar