So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Asror Aliqulov: "Mashal"ga befarq bo'lmagan barchani Superliga bilan tabriklayman. Keyingi mavsum tarkibimiz kuchayishi kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Mashal"ga befarq bo'lmagan barchani Superliga bilan tabriklayman. Keyingi mavsum tarkibimiz kuchayishi kerak"

Pro liganing 25-turidan o'rin olgan derbida "SHo'rtan"ni mag'lub qilgan "Mashal" klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- "Mashal" ga befarq bo'lmagan barchani Superliga bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, og'ir bahs bo'lish aniq edi, chunki bu derbi. Raqib uchun bu o'yin juda muhim edi, shu sabab ham ulardan kuchli qarshilik kutgandik. Birinchi bo'limda biroz sust harakat qildik. Ikkinchi taymda esa yaxshi harakat qilib, gol kiritdik. Butun jamoaga bugungi g'alaba uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. 

- "Mashal"ning so'nggi o'yinlarida VAR muntazam ishlamoqda. Bu haqda fikringiz?

- Rahbariyatimiz oxirgi o'yinlarimizga VAR texnikasini jalb qilish bo'yicha barcha harakatni qilmoqda. Biz halol o'yin tarafdorimiz. Kim kuchli bo'lsa o'sha g'alaba qozonishimiz kerak. Ushbu maqsad yo'lida rahbariyatimiz VAR bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplamoqda. Bu narsa bizga biroz bosim ham yuklaydi. CHunki bizga barcha xarajatlar qoplab berilyapti, bu holatda g'alaba qozonishimiz shart. Ikkita o'yindan beri VAR bor o'yinda g'alaba qilyapmiz.

- VAR xarajat talab etadi demoqdasiz. SHunga sal tushuntirish bersangiz...

- Qanchaligini bilmayman, lekin raxbariyatimiz bu summani to'lab berishyapti. Biz ham o'yindan bir necha kun oldin bu yangilikdan xabardor bo'lib, o'yinga ehtiyotkorlik bilan tayyorlanyapmiz. 

- Birinchi bo'limda tashabbus biroz boy berildi. Rejangiz shundan iborat edimi?

- Yo'q, bu "SHo'rtan"ning bosimiga bog'liq. 15-20 daqiqa davomidi raqib bosim qildi, biz buni engib o'tishga biroz qiynaldik. Ikkinchi bo'limda esa barchasi joyiga tushdi.

- "SHo'rtan" gol o'tkazish bo'yicha Pro liganing eng yomon natijalaridan birini qayd etmoqda. Lekin "Mashal" har safar "SHo'rtan"ga qarshi gol urishga qiynalmoqda. Bunga sabab nima?

- Birinchi navbatda bu derbida taktika, sxemalar ikkinchi planga tushib qo'lmoqda. CHunki bu o'yinda futbolchilar bir-birlarini ayashmaydi. Bu holatda raqibga ham, bizga ham golli imkoniyat yaratish qiyin. Derbi o'z nomi bilan aytgandi derbi. Ko'p gol bo'lishi amrimahol. 

- Superligaga chiqdingiz. Tarkib kuchaytiriladimi?

- Ha, biz "SHo'rtan"ga qarshi o'yinda qiynalyapmizmi, demak Superligada bundanda qiyin bo'ladi. SHunday ekan, tarkib kuchaytirilishi kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика