So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Asror Aliqulov: "Himoyadagi xato bizni ikki ochkodan mahrum qildi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Himoyadagi xato bizni ikki ochkodan mahrum qildi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "G'ijduvon" (1:1) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin shiddatli o'tdi, deb ayta olaman. O'z maydonimizda muxlislarni xursand qilishni istagandik. To'p kiritdik, lekin g'alabani ushlab qola olmadik. Himoyachimizning xatosidan so'ng gol o'tkazib yubordik. G'alab qozonish uchun harakat qildik. 

- O'zingiz himoyachi bo'lgansiz. Bugun mudofaa chizig'i vakili SHohzamon Hayrullaevning havaskorlarga hos qilgan harakatiga qanday munosabat bildirasiz?

- Bu oddiy holat. To'pni qabul qilishdagi texnik xato. Bunday xato futbolda uchrab turadi. O'sha vaziyatda u qiyin holatda emasdi. Birgina xato bizni ikki ochkodan mahrum qildi.  

- "G'ijduvon" mehmonda o'ynaganiga asosiy tarkibda qaramay ikkita hujumchi, "SHo'rtan" bitta hujumchi bilan maydonga tushdi. Keyinchalik Muhriddin Zoirov zaxiradan maydonga tushib gol urdi...

- Biz rotatciya qilyapmiz. Asadbek Samariddinovga ko'p imkoniyat berayotganimiz yo'q. SHu bois bugun Asadbek asosiy tarkibda, Muhriddin zaxiradan o'yinga qo'shildi. Muhriddinni tezlik qo'shish maqsadida tushirdik. O'ylaymanki, to'g'ri qaror qabul qildik. 

- "G'ijduvon" gol urganidan keyin o'yinni cho'zishga harakat qilgani aytildi. Siz bunga qanday qaraysiz? "SHo'rtan" bunday holatda o'yinni cho'zarmidi?

- Maqsadimiz yoshlarni katta futbolga tayyorlash. Qanday o'yin qilishi raqibning o'ziga bog'liq. Biz "Yangier" bilan ham, yutgan o'yinlarimizda ham vaqt cho'zmadik. Bu futbolchilarning kelajagiga tasir qiladi. Yutayotgan pallada qanday himoyalanishni ham bilish kerak.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика