Asror Aliqulov: "Hakam qo'shib bergan daqiqalar to'xtalishlarga ketgan vaqtdan kamroq bo'ldi"
16 may 20:36
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Hakam qo'shib bergan daqiqalar to'xtalishlarga ketgan vaqtdan kamroq bo'ldi"
Pro liga 8-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" uchrashuvi (3:2)dan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun shiddatli va muxlislarbop o'yin guvohiga aylandik. To'p nazoratini o'z qo'limizga olib, haqiqiy futbol namoyish etishga harakat qildik. Biroq standartlar raqibning asosiy quroli edi va buning oqibatida jazolandik. Bunga tayyorgarlik ko'rgandik, ammo chora topa olmadik. O'yinni o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. "Qo'qon-1912" futbolchilari vaqt cho'zdi. Hakam qo'shib bergan daqiqalar to'xtalishlarga ketgan vaqtdan kamroq bo'ldi. Mag'lubiyatga qaramasdan, shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman", — dedi "Mashal" ustozi.
Fikrlar