So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Asror Aliqulov: "Bugun avvalgi o'yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bugun avvalgi o'yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik"

Superliganing qoldirilgan 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Mashal" (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Qoldirilgan o'yin bo'lsa ham bu aslida mavsum starti edi. Muxlislardan bugungi natija uchun uzr so'raymiz. Kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi. Ko'p jihatlar bo'yicha "Paxtakor"ga yutqazdik.

- Bazi jamoalar "Paxtakor"dan hayiqib maydonga tushishadi. Bugun ruhiy ustunlik mezbonlarga ustunlik berdimi?

- To'g'ri aytayapsiz, bu ruhiyat bilan bog'liq. Birinchi o'yinimizda ham hayajon sezilgandi. Bugun avvalgi o'yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik. Ayrim futbolchilarga tajriba etishmadi.

- Salifuni erta almashtirilishiga sabab nima? U qanchalik mavsumga tayyor?

- Salifuda jismoniy tomonlama muammolar bor. Bugun mezbonlarning tezkor futbolchilarini yopishda ulgurmay qoldi. Shuningdek, unda jarohat ham bor edi.

- Keyingi o'yin jamoaning ruhiy bosimdan olib chiqib ketish uchun qandvy ishlarni amalga oshirmoqchisiz?

- Ko'rib chiqib, xulosalar qilamiz. Keyingi o'yin "Andijon" bilan, ularga to'liq qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz. Bugun ko'p futbolchilarimizda o'yinga ruhan tayyor emasligi ko'rinib qoldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика