So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  3 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  5 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  101 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

Asror Aliqulov ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli himoyachi kimligini aytdi Yangiliklar

Asror Aliqulov ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli himoyachi kimligini aytdi

Faoliyati davomida "Nasaf", "Paxtakor", "Dinamo", "SHo'rtan" klublarida o'ynab O'zbekiston chempionatida jami 500dan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushgan Asror Aliqulov bugungi kunda "Mashal" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

U Muborak tumani klubini Superligaga qaytardi. 41 yoshli sobiq himoyachi ayni paytdagi eng kuchli himoyachi kim ekanligini aytib o'tdi.

- Faoliyatingiz davomida siz tan olgan eng yaxshi himoyachi kim?

- Andrey Fyodorovni jonbozligi va sifatli, aqlli futbol namoyish etgani uchun ham tan olaman. U men bilgan eng mahoratli himoyachilardan biri. Fyodorov hech qachon to'pni ko'r-ko'rona tepib yuborishni yoqlamagan. Bugungi kunni yosh himoyachilari undan ko'p narsalarni o'rgansa arziydi. U bilan bir davrda birga to'p teganimdan faxrlanaman.

- Bugungi kunda O'zbekistondagi eng yaxshi markaziy himoyachi deb kimni ayta olasiz?

- Egor Krimec. U oxirgi ikki yilda ancha o'sishga erishdi. Egor bazi yarim himoyachilardan ham yaxshiroq deb uylayman. Markazdan qiladigan yurishlari, foydali va aniq uzatmalari himoyachilarimizga o'rnak bo'ladigan darajada. Uni eng yaxshi markaziy himoyachi sifatida ko'rsata olaman.

Namoz CHoriev yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика