So’nggi yangiliklar

17:10Мареска ишдан бўшатилди  0 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3

Asqar Umarov: "Zomin"ga rahbariyatning ruhiy daldasi etishmayapti. "Andijon"ning ikkinchi golini hakamlar uyushtirib berishdi" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Zomin"ga rahbariyatning ruhiy daldasi etishmayapti. "Andijon"ning ikkinchi golini hakamlar uyushtirib berishdi"

“Andijon” – “Zomin” (2:1) o'rtasidagi o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov savollarga javob qaytardi.


O'yin haqida

- Bugun muxlislarga yoqadigan tomoshabop ruhdagi o'yin bo'ldi. Jamoamiz yigitlari butun uchrashuv davomida taslim bo'lishmadi, astoydil harakat qilishdi. "Andijon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamizga rahbariyatning ruhiy daldasi etishmayapti. Moliyaviy qiyinchiliklarimiz bor. 

- "Zomin" Pro-ligada autsayder bo'lib qolishiga sabab nima?

- Albatta, muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi iqtisodiy muammoga borib taqaladi. Bugunga qadar ko'p oyliklarimizni olmadik. Bizga yaxshi xomiy bo'lganida natijalarimiz boshqacha bo'lardi. SHunday bo'lsa ham biz harakatdan to'xtab qolganimiz yo'q.

- Mavsum avvalida rahbariyat tomonidan jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Oldimizga juda yuqori maqsad qo'yilmagan. Maqsadimiz Pro-ligada chiroyli o'yinlar ko'rsatish va ligada qolish. Mahalliy futbolchilar bilan bunga harakat qilayapmiz. O'tgan mavsum Birinchi ligada chempionlikni qo'lga kiritgan yigitlarni tarkibda saqlab qolganmiz.

- Jamoa sardori Eldor Karimov asli himoyachi bo'lsa-da, o'yin davomida turli ampulalarda harakat qildi, jumladan hujum chizig'ida. Bu nima bilan bog'liq?

- Bizda hujumchilar bilan bog'liq muammo bor edi. Eldor Karimov ko'p gol uradigan futbolchi, shu sabab uni hujum chizig'ida ham sinab ko'rdik. 

- "Andijon" bilan o'yindan oldin qanday natija kutgandingiz?

- Biz albatta o'zimizga kerakli natijani kutgandik. Bo'ydor futbolchilarga qarshi mashg'ulotlarda ishlagandik. Mezbonlarning ikkinchi golini hakamlar uyushtirib berishdi deb o'ylayman. Hakamlar qaror beradi, biz boriga chidaymiz. Biron narsa desang bo'lmaydi.

- Jamoa Birinchi ligaga tushib ketsa, taqdiri qanday kechadi?

- Jamoa taqdiri mutasaddilarning qo'llab-quvvatlashiga bog'liq. Bizda hozir imkoniyat bor, ligada qolishimiz mumkin. Yigitlarga ishonaman, ular hohlagan jamoani mag'lub eta olishadi. Bizga ruhiy dalda kerak, bizga ham "Andijon"dagi kabi xomiy kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика