Asosiy raqobatchisini yutgan murabbiy va "Olimpik Mobiuz" posboni - Pro liga 2-tur laureatlari
22 mar 2024 19:53
Yangiliklar
Asosiy raqobatchisini yutgan murabbiy va "Olimpik Mobiuz" posboni - Pro liga 2-tur laureatlari
"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng yaxshi darvozaboni - Samandar Muratbaev ("Olimpik Mobiuz")
"Do'stlik" jamoasi mag'lubiyatga uchraganiga qaramay shu kuni "Olimpik Mobiuz" darvozasi tomon bir necha bor xavfli hujumlarni uyushtirdi. Ularning gol bilan yakunlanishiga "Olimpik Mobiuz" posboni Samandar Muratbaev yo'l qo'ymadi. To'pga chiqishlarda xatosiz harakat qilgan va o'yin davomida o'zini ko'rsata olgan yosh kiper saytimiz tomonidan tur darvozaboni sifatida etirof etildi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng yaxshi futbolchisi - Daler Tuxsanov ("Olimpik Mobiuz")
Farhod Nishonov shogirdlari Pro liganing 2-turida dastlabki g'alabasini tantana qildi. "Do'stlik" mag'lub etilgan o'yinda 2 ta golda ham Daler Tuxsanov ishtirok etdi. Birinchi bo'limda u raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda penaltini ishladi. Bundan tashqari oldingi chiziqda faolligi bilan ajralib turdi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 2-turning eng yaxshi murabbiyi - Ulug'bek Bakaev ("Buxoro")
"Buxoro" joriy mavsumdagi ikkinchi uchrashuvini Superliga yo'llanmasi uchun kurashdagi asosiy raqobatchisi "Qo'qon-1912"ga qarshi mehmonda o'tkazdi. O'yin tomonlama yorqin taassurot qoldirmagan bo'lishi mumkindir. Lekin safardan muhim 3 ochko bilan qaytishni uddasidan chiqdi. Qo'qonliklar esa birinchi mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'lishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar