Asensio: "Ronalduga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilmasligi kerak edi"
14 avg 2017 13:23
Yangiliklar
Asensio: "Ronalduga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilmasligi kerak edi"
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogining ilk bahsida bosh hakam Rikardo De Burgos Bengoecheaning qarorlariga fikr bildirdi.
Hakamning bazi qarorlari "qaymoqranglilar"ga g'alati tuyildi: U "Real" darvozasiga penalti belgiladi, Krishtianu Ronalduga esa ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi.
"Darvozamizga belgilangan penalti shubhamga sabab bo'lmoqda. Ronalduning ikkinchi sariq kartochkasi esa ko'rsatilmasligi kerak edi. U yiqildi, chunki kontakt bo'lgan edi. Penalti belgiladingmi, hech bo'lmasa sariq kartochka ko'rsatma. Ammo hakamlar ham oddiy odam" - deydi Asensio.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar