So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

ARXIV. 2008 yilgi "Paxtakor" - "Quruvchi" uchrashuvidagi barcha gollar va xavfli vaziyatlar Yangiliklar

ARXIV. 2008 yilgi "Paxtakor" - "Quruvchi" uchrashuvidagi barcha gollar va xavfli vaziyatlar

Video arxiv ruknidagi navbatdagi o'yin 2008 yilning 10 iyul sanasida "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan.

Poytaxt derbisi doirasida o'tgan "Paxtakor" "Quruvchi" (hozirgi "Bunyodkor") klublari o'rtasidagi bahs mavsumning markaziy o'yinlaridan biri edi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi "sherlar" Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar"ni qabul qilishgan. Deyarli 25 ming tomoshabin kelgan uchrashuvda tomonlar bittadan gol urishgan. Birinchi taymda Timur Kapadzening to'p uzatishidan keyin Xose Luis Vilyanueva gol urgandi, etiborlisi chililik hujumchi shu kuni "Quruvchi" safida debyut uchrashuvini o'tkazgandi. 

Ikkinchi taym boshida Aleksandr Geynrix o'zi penalti ishlaydi va uni amalga oshiradi. Biroq to'p darvoza to'siniga tegib qaytadi. Oradan 7 daqiqa o'tgach Geynrix o'z aybini yuvadi Pavel Bugalo darvozasini ishg'ol qiladi - 1:1. 

Qolgan vaqt ichida tomonlar boshqa gol urishmaydi va bahs durang natija bilan tugaydi.


PAXTAKOR - QURUVCHI - 1:1 (0:1)

10.07.2008. 15-tur. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 24322 tomoshabin.

Bosh hakam
: Jalilov Azamat - 7,6

Gollar:
0:1 - Vilyanueva Xose Luis (Kapadze Timur), 31
1:1 - Geynrix Aleksandr, 57

Amalga oshirilmagan penalti: Geynrix Aleksandr (PAXTAKOR), 50 (to'sin)

PAXTAKOR: Nesterov Ignatiy; Suyunov Ilhom; Ismoilov Anzur; Aliqulov Asror; Inomov Islom; Magdeev Ildar; Ahmedov Odil; Markovich Darko; Kiryan Vladislav (Pintu Fabio, 46); Ixeruome Uche; Tojiev Zayniddin (Geynrix Aleksandr, 46) (Abdullaev Sadriddin, 85).

QURUVCHI: Bugalo Pavel; Gochguliev Gochguli; Karimov Xayrulla; Xvostunov Aleksandr; Vilyanueva Xose Luis (Hasanov Jasur, 53); Soliev Anvar; Karpenko Viktor (Jo'raev Sahob, 86); Haydarov Aziz (Lushchan Sergey, 75); Nikolaev Aleksey; Kapadze Timur; Jeparov Server.

Ogohlantirishlar: Karimov Xayrulla, 68; Ahmedov Odil, 73; Jeparov Server, 73; Ixeruome Uche, 85; Suyunov Ilhom, 90.



Videoni taqdim etgani uchun Bahodir Mirzaevga saytimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика