So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  4 15:19ЎзЭл Классикосига превью  10 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

Arveladze: "Derdiyokni chiroyli goli bilan qutlayman" Yangiliklar

Arveladze: "Derdiyokni chiroyli goli bilan qutlayman"

Superliga 3-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Metallurg" bahsidan (4:1) keyin mezbonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- To'g'risini aytsam, 1-taym menga maqul keldi. CHempionlar Ligasini ham hisobga oladigan bo'lsak, bugun bizda eng yaxshi ilk bo'lim bo'ldi. Tashkiliy jihatdan, temp bo'yicha ham. Afsuski, 3:0dan keyin jamoa biroz o'zini yo'qotib qo'ydi. Bu menga yoqmaydi va bu jabhada ishlash kerak. O'yin kutganimdan ko'ra ochiq tus oldi. “Metallurg”ni himoyaviy o'yin namoyish etishini kutgandim. Sababi, raqib yaxshi himoyalanadi. Ularning 5 himoyachi bilan o'ynashini taxmin qilgan edim. Biroq, bahs ko'rsatdiki, ular ham hujumga o'tishni xohladi va o'yin ancha ochiq tarzda o'tdi. Muxlislarga ham uchrashuvni tomosha qilish qiziq bo'lgan degan fikrdaman.

- Bugungi hisobdan kelib chiqadigan bo'lsak, “Paxtakor” oson g'alabani qo'lga kiritdi deb aytsak bo'ladimi? Yoki “Metallurg” kuchsizlanganmi? Jamoa o'tgan mavsum ikkala o'yinda ham “Paxtakor”ga etarlicha qarshilik ko'rsatgandi.

- Ha, vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Hech bir o'yin oson kechmaydi. O'sha uchrashuvlarda raqiblar yaxshi himoyalanishgan va o'z darvozasi yoniga chuqur kirib olishgan edi. Bugun esa “Metallurg” juda faol o'yin ko'rsatdi, oldinda ancha ochiq harakat qilishdi. Bu esa bizga qarshi hujumga o'tish uchun zamin yaratdi. Erenni chiroyli debyut goli bilan tabriklayman. To'g'ri bu kichik tarix, lekin doimo yoqimli bo'lgan holatdir. Unga, “Paxtakor” jamoasi va muxlislarga shunday chiroyli zafarlarni tilab qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика