So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Artur Gevorkyan: Xuddi uydan bosh olib ketgandek bo'ldim Yangiliklar

Artur Gevorkyan: Xuddi uydan bosh olib ketgandek bo'ldim

O'zbekiston chempionatida yozgi transfer bozorining eng qaynoq xaridini Lokomotiv klubi amalga oshirdi.

Joriy mavsum o'z oldiga eng oliy maqsadlarni qo'ygan temiryo'lchilar Nasaf sardori Artur Gevorkyanni o'z saflariga qo'shib olishdi. Turk­maniston termasi etakchisi ajdarlar libosida 140ta uchrashuvda maydonga tushib, 64ta to'p kiritgandi. Bu bilan u nafaqat qarshilik, balki vohalik muxlislarning ham yoqimtoyiga aylanib ulgurgandi. SHu bois, ishqibozlarga Gevorkyanning Nasaf­dan ketishini qabul qilish oson kechmadi. Artur Qarshi jamoasi bilan faqat O'zbekiston chempionati oltin medalini qo'lga kiritmadi, xolos. Qolgan barcha sovrinlarga esa ega chiqdi. Futbolimiz tarixida yagona bo'lgan OFK kubogi sohibiga aylandi. O'tgan yili O'zbekiston kubogi, superkubogi, chempionatning kumush hamda bronza medallari bilan taqdirlandi. Biz Nasafning bu yutuqlariga katta hissa qo'shgan turkmanistonlik legioner bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Artur, bir necha yil mobaynida Nasaf sharafini himoya qilib keldingiz. Bu jamoa safida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdingiz. Klubdan ketish oson bo'lmagandir?

- Albatta, oson bo'lmadi. Futbolchining taqdiri shunday ekan. Bugun bu jamoada, ertaga boshqa klubda rizqingizni topasiz. Nasaf muxlislaridan qabul qilgan qarorim uchun uzr so'radim. Ha, tan olaman, transferim juda tez amalga oshdi. Tabir joiz bo'lsa, kutilmaganda ro'y berdi. O'ylaymanki, ishqibozlar meni to'g'ri tushunishadi. Nasaf hamisha mening yuragimda qoladi.

- Siz jamoa sardori edingiz. SHuni o'ylab ham qaror qabul qilishga ikkilandingizmi?


- Albatta, xuddi uydan bosh olib ketgandek bo'ldim.

- Yakuniy qarorni o'zingiz qabul qildingizmi yoki kim bilandir maslahatlashdingizmi?


- Ikki klub rahbarlari o'zaro kelishgan holda transferni amalga oshirishdi. Biz birgalikda qaror qabul qildik.

- Lokomotiv sizga o'tgan yili ham taklif bilan chiqqandi. O'shanda bu transferga nima to's­qinlik qilgan edi?


- Mazkur savolga shunday javob beraman. O'z so'zlarim bilan hech kimni xafa qilish niyatim yo'q. Hozir Lokomotivda ekanmanmi, demak buni o'zim xohlaganman. Istak bo'lmasa, hech kim sizni o'z klubida majburlab o'ynata olmaydi.

- Gap-so'zlarga qaraganda, siz va Nasaf klubi rahbariyati o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi tufayli klubni tark etishga majbur bo'lgansiz...


- Yo'q, bu mutlaqo asossiz xabar. Klub rahbariyati bilan hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Bu shunchaki, gap-so'zlar.

- Nasafni qanday taassurotlar bilan tark etdingiz?

- Faqat ijobiy. Ajdarlar bilan faqat O'zbekiston chempioni bo'la olmadim. Qolgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdim. Eng katta yutug'imiz - bu shubhasiz, OFK kubogida zafar quchganimiz. Qolaversa, o'tgan yilgi mamlakat kubogi hamda superkubogi ham men uchun juda qadrli sovrin bo'lib qoldi. Eng muhimi, jamoa muxlislarining ishonchi va olqishiga erishdim. Buni hech qachon unutmayman. Hozircha armon bo'lib turgan chempionlikni nasib qilsa, Lokomotiv tarkibida qo'lga kiritaman.

- Buxoro ham sizga og'iz solayotgandi...


- Bo'lishi mumkin. Lekin shaxsan men bu masalada hech kim bilan gaplashmadim.

- O'tgan mavsum Nasafda chempionlikka erishish uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgandi. Qaysi o'yinda bu omadni qo'ldan chiqardinglar?


- Muayyan bir uchrashuvda imkoniyatdan mahrum bo'ldik, deyolmayman. Bu - futbol, muxlislar uni ana shunday kutilmagan holatlar uchun ham yaxshi ko'rishadi.

- Lokomotivda sizni qanday qarshi olishdi?


- Hammasi super. Temiryo'lchilar safida juda ko'p do'stlarim to'p surishadi. SHu bois, o'zimni bu erda begonadek his qilmayapman.

- Ichki muhit qanday ekan?


- Alo. Yigitlar o'zaro do'stona munosabatdalar. Bundan xursandman.

- Murabbiy bilan o'zaro gaplashib oldingizmi? Sizga qanday talablar qo'ymoqda?


- Albatta, gaplashib oldik. Vazifam aniq. Lokomotivga klub ishtirok etayotgan har uchchala musobaqada yordam berish. Ayniqsa, OCHLda imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz. Kubokni qo'lga kiritsak ham zarar qilmasdi (kuladi).

- Lokomotivda qaysi raqamda o'ynaysiz? Siz uchun sevimli bo'lgan 17 band bo'lsa kerak?


- 71-raqamni tanladim.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика