Artur “Barsa” safida ECHLda o'ynashdan bosh tortdi va Braziliyaga jo'nab ketdi
28 iyu 2020 00:49
Yangiliklar
Artur “Barsa” safida ECHLda o'ynashdan bosh tortdi va Braziliyaga jo'nab ketdi
“Barselona”ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur Ramos klubning ruxsatisiz o'z vataniga jo'nab ketdi va u kataloniyaliklar safiga qaytmoqchi emas, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Nashr xabariga ko'ra, “Yuventus” bilan shartnoma imzolagan futbolchi “Barselona” safida ECHL bahslarida maydonga tushishdan bosh tortgan. Kataloniyaliklar bu hatti harakati uchun futbolchini jazoga tortishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” 23 yoshli Arturni 72 million evro evaziga “Yuventus”ga transfer qildi. O'z navbatida turinliklar yarim himoyachisi Miralim Pyanich 60 million evro evaziga “Barselona”ga ko'chib o'tdi.
“Barselona”ECHL 1/8 finali javob uchrashuvida “Napoli” bilan kuch sinashadi. Bellashuv 8 avgust kuni bo'lib o'tadi. Italiyada o'tgan ilk uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.
Fikrlar