Arteta: "Arsenal" bundan keyin ham etakchi bo'lishi kerak"
01 jan 2023 16:53
Yangiliklar
Arteta: "Arsenal" bundan keyin ham etakchi bo'lishi kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti" bilan o'rtadagi farq haqida gapirdi.
"SHaharliklar" kecha o'z maydonida "Everton" bilan durang o'ynadi. Buning ortidan g'alabaga erishgan "Arsenal" o'rtadagi farqni 7 ochkoga etkazib oldi.
"Har bir o'yindan keyin barchasini taxlil qilib, etiborni bir joyga jamlab o'ynashimiz kerak. O'tgan o'yindagi xato, kamchilik, yutuqlar o'rganilishi maqsadga muvofiq.
Nimalar bo'layotganini tushunib turibmiz. Endi buyog'iga raqiblar biz bilan qiyin o'yin ko'rsatadi. SHu sababli istalgan raqibni mag'lub eta olishimiz kerak.
Bizda xohish-istak yuqori darajada. Muvaffaqiyatlarimiz yana nimalargadir erishishimiz kerakligini bildirmoqda. Jamoa sifatida rivojlanishimiz va bundan keyin ham peshqadam bo'lib qolishimiz kerak", - dedi "Arsenal" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar