So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  18 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

"Arsenal"ni standartlar bo'yicha Evropaning eng kuchli jamoasiga aylantirgan murabbiy Yangiliklar

"Arsenal"ni standartlar bo'yicha Evropaning eng kuchli jamoasiga aylantirgan murabbiy

Siz "Arsenal" yoki, umuman, APL shinavandasimisiz? Unda Nikolya Jover haqida eshitganmisiz?

Keng jamoatchilik uchun bu nom unchalik malum emas. Bu albatta adolatsizlikning o'zginasi, chunki Jover – murabbiylar olamida haqiqiy super yulduz. Tushunishingiz uchun aytaman, u o'z yo'nalishida Pep Gvardiola yoki Yurgen Klopp darajasida. 42 yoshli francuz stantdart vaziyatlar bo'yicha eng yaxshi mutaxassis.

Aynan Jover burchak va jarima zarbalarini "to'pchilar"ning asosiy quroliga aylantirgan. Klubdagi uch mavsumi davomida "kanonirlar" APLda standart vaziyatlardan so'ng penaltilarni hisobga olmaganda 54 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan (ha, penalti ham rasmiy ravishda standart deb ataladi, ammo bu butunlay boshqa narsa). Umuman olganda, "Arsenal" bu davrda 242 ta gol urdi, demak, 54 ta gol umumiy golning 23 foizini tashkil qiladi. "Arsenal" o'tgan mavsum bu ko'rsatkich bo'yicha APLda birinchi bo'ldi.

Oxirgi uch mavsumni oladigan bo'lsak, "Arsenal" standartlardan urilgan gollar soni bo'yicha ham APLda 51 tadan to'p kiritishga erishgan "Manchester Siti" va "Liverpul"ni ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallab turibdi. Qolaversa, londonliklar uchun bu ko'rsatkich har yili ortib bordi (15+16+23), raqobatchilarda esa, aksincha, kamaydi: "Siti"da 21+14+16 va "Liverpul"da 19+17+15.

Kornerlardan keyin 44 ta gol

Agar biz faqat burchak zarbalarini olsak, "Arsenal" raqobatdan xoli — uch yil ichida naqd 44 ta gol. Bu ikkinchi o'rindagi "Liverpul"dan besh marta ko'p.

Taqqoslash uchun: Jover kelishidan oldingi uchta to'liq mavsumda (2018-2021) "Arsenal" standartlardan keyin 33 marta darvozani ishg'ol qilgan. Bu, albatta, unchalik yomon emas, lekin farq sezilarli. Aytish mumkinki, "Arsenal" o'sha paytda jamoa sifatida nisbatan kuchsizroq edi, ammo bu standart holatlarga unchalik tasir qilmaydi. Misol uchun, o'tgan mavsum gollar soni bo'yicha "kanonirlar"dan keyin ikkinchi o'rinda turgan jamoa "Everton" edi – 19 ta gol. So'nggi uch yil davomida o'rtamiyona "Brentford" doim toplar qatorida (jami 41 ta gol).

Standart deganda darvoza daxlsizligi, himoyasi ham kiradi. Bunda ham "Arsenal"ning Joveri ancha porloq ko'rinadi. Oxirgi ikki mavsumda "kanonirlar" o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha pastdan ikkinchi o'rinni egallab turibdi – 8 va 7 ta gol. Umuman olganda, franciyalikning uch yillik faoliyati davomida londonliklar standartlardan so'ng 23 ta gol o'tkazib yuborgan. Bu ko'rsatkichda faqatgina "Manchester Siti" (11) va "Liverpul" (22) oldinda.

Ushbu mavsumning boshi ham standartlar nuqtai nazaridan "Arsenal" uchun zo'r boshlandi. Londonliklar dastlabki olti turda uch marta shu tarzda gol urishga erishdi va bu "Tottenxem" (1:0) va "Siti" (1:1)ga qarshi muhim o'yinlarda ham sodir bo'ldi. Ikki holatda ham Gabriel Magalyaes gol muallifiga aylandi va gollar bir-biriga juda o'xshash: uning jamoadoshlari himoyachilar va darvozabonni to'sib turdi, braziliyalik esa jarima chizig'idan yugurib kelib, hech qanday qarshiliksiz otilib chiqdi. Takrorlarni qarab chiqsangiz, "Arsenal" futbolchilarining barcha harakatlari mazmunli va oldindan ishlab chiqilganini yaqqol ko'zga tashlanadi.

Standart vaziyatlarning zamonaviy futboldagi o'rni juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda futbolchi va murabbiylarning bu vaziyatlarga bo'lgan tayyorgarligi jiddiy o'rganiladi, chunki ko'plab o'yinlar natijasi shu orqali hal bo'lib ketadi.

Zamonaviy futbolda standart vaziyatlardan samarali foydalanish uchun o'yinchilar malum texnik va jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lishlari kerak. Jarima zarbalarida tajribali to'purarlar katta rol o'ynaydi, burchak zarbalarida esa to'pni aniq uzatish va havodagi kurashdagi ustunlik muhimdir.

Standart vaziyatlar raqibga bosim o'tkazish imkonini beradi. Masalan, burchak zarbasi yoki uzoqdan berilgan jarima zarbasi raqib himoyachilarini hushyor bo'lishga majbur qiladi va ular xatoga yo'l qo'yishi mumkin.

Umuman olganda, standart vaziyatlardan to'g'ri foydalanish jamoaga katta foyda keltiradi, shuning uchun ularning futbol strategiyasidagi o'rni yildan yilga kuchayib bormoqda.

Kanadadagi universitet va erto'ladagi sxemalar

Jover deyarli 15 yil oldin bu sohada birinchi qadamlarini qo'yganida, hozirgi martabaga erishishini faqat orzu qilgan bo'lsa kerak. U Berlinda tug'ilgan, ammo keyinroq ota-onasi bilan Franciyaga qaytib kelgan. Jover havaskorlar darajasida futbol o'ynab, Monpele universitetining sport bo'limida tahsil olgan. Va 20 yoshdan biroz oshganida Kanadaga – Monpele kolleji bilan hamkorlik qilgan Kvebek provinciyasidagi SHerbruk universitetiga borgan. Bu francuz tilida so'zlashuvchi muhitda yurgan va o'zining komfort zonasidan chiqishni xohlaydigan inson uchun ingliz tilini o'rganishning eng yaxshi usuli edi.

Kanadaga ko'chib o'tgan Jover SHerbruk universiteti jamoasi tarkibida futbol o'ynashni davom ettirgan. Va o'sha paytda u standartlarni amalga oshirishning turli usullarini o'ylab topgan. U erto'lada saqlagan ishlanmalarini o'zi bilan yaqin munosabatda bo'lgan ustozi Rishar Per-Jill bilan bo'lishdi.

"O'shanda men jamoaga uchinchi murabbiy qidirayotgan edim va Nikolyalan so'radim. U ajoyib o'yinchi edi va hatto oxirgi yilida sardor etib saylangandi, shuning uchun u bilan ko'p gaplashardik. Boshqa narsalar qatorida, biz uchun standartlar bo'yicha bazi g'oyalarni ham o'ylab topardi. Keyin men unga to'liq vakolat berdim va bu u orzu qilgan eng yaxshi laboratoriya ekanligini aytdim. Nikolya francuz tilida to'rt-beshta variantni harakatlar ketma-ketligi bilan tushuntirib berardi. Avvaliga bu biroz qo'rqinchli edi, chunki u Amerika futboliga juda o'xshash edi, lekin keyinroq Nikolya nimani xohlayotganini tushunib etdim. U SHimoliy Amerika madaniyatini Evropa futboliga integraciya qilgan", – deydi Per-Jill.

Magistrlik darajasini olgan Jover professional futbolda ishlash orzusi bilan Monpelega qaytdi. Muammo shundaki, agar siz kattaroq darajada o'ynamagan bo'lsangiz, bu dunyoga kirish juda qiyin. Jover yaxshi noutbuk va dasturiy taminot sotib olib, tahliliy ko'nikmalarini oshirishga sarmoya kiritdi va shu bilan birga murabbiylik kurslariga yozildi. Unga omad kulib boqdi. Kurs davomida u "Monpele" sobiq futbolchisi, klub safida 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan Paskal Bays bilan tanishib qoldi, keyin esa klub tizimida ishlay boshladi. Bays Jover uchun bir nechta uchrashuvlar uyushtirdi, natijada u videotahlilchi lavozimini egalladi.

"Nikolya – daholarning dahosi"

Keyinroq Jover kabi yaxshi qarashga ega odamga hammasi oson bo'ldi. "Monpele"dagi olti yillik faoliyati mobaynida 20211/12 yilgi mavsum Franciya chempionligini qo'lga kiritdi, "Brentford"da uch mavsum, so'ngra "Manchester Siti"da ikki yil faoliyat yuritdi va "Arsenal"ga o'tdi. Uning "Brentford"dagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmagan bo'lsa-da, francuz Angliyada ancha-muncha obro' orttirib olgandi.

Jover fizikadan bilimga ega tadbirkor Metyu Ben bilan tanishdi. Ben – fizikadan xabardor, o'z boyligini professional pul tikuvchilar uchun statistik dasturiy taminot yasashdan topgan tadbirkor.

"Men o'sha paytda Nikolya bilan maslahatlashdim va uning sinchkovligi va mayda detallarga etiborliligidan hayratda qoldim", – deydi "Brentford"ning o'sha paytdagi ustozi Din Smit.

"Nikolya – fikrlash va rejalar tuzish nuqtai nazaridan daho. U bilan o'tirib, turli standartlarni muhokama qilar ekansiz, har bir narsaning ortida aniq bir g'oya borligini his qilasiz. Va bu hech qachon yuzaki bo'lmagan. Muayyan burchak zarbasini bir soatdan ko'proq muhokama qilishimiz mumkin edi. Biz jamoamizning har bir harakati va raqibning nima qilishini tahlil qilib chiqardik. Bu ikir-chikirigacha o'rganilardi", – dedi Jover bilan "Brentford"da ishlagan Mads Butgerayt.

"Jover o'z g'oyalarini futbolchilarga tezda etkazishni bilardi. Videoni 10 daqiqa tomosha qilib, keyin maydonda 15 daqiqa buning ustida ishlash – shunda hammasi ayon bo'lardi", – dedi o'shanda "Brentford"da o'ynagan ispaniyalik Jota.

Arteta bilan do'stlik

G'arbiy London klubi Joverning uch yillik boshqaruvida 46 ta gol urganidan so'ng keyingi bosqichga ko'tarilishi kutilgandi. 2019 yilning yozida franciyalik mutaxassis "Manchester Siti"ga yo'l oldi va u erda "Arsenal"ning hozirgi bosh murabbiyi, o'sha paytda Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan Mikel Arteta bilan tanishdi.

To'g'rirog'i, o'sha paytga qadar katta vakolatlarga ega bo'lgan Arteta Joverni "Siti"ga chaqirgan edi.

"U uni Balear orollaridagi villasiga taklif qildi. U erda ular bir necha soat suhbatlashishdi va tezda umumiy til topishib ketishdi. Keyin Arteta Joverni uning odami, unga kerak bo'lgan odam ekanligini tushundi. Bundan tashqari, ikkalasi ham ispan, ingliz va francuz tillarini biladi, shuning uchun muloqotda hech qanday muammo yo'q edi", – deb eslaydi Joverning uzoq yillik do'sti Per-Jill.

"Siti"dagi faoliyat Joverga ikki marta chempionlik unvonini olib keldi, ammo u Gvardiola bilan bir xil g'oyaga ega inson emasdi, chunki Pep uchun standartlardan ko'ra ko'proq pressing va jamoaviy ish muhim. SHu sababli Jover 2021 yilning yozida Artetaning oldiga – "Arsenal"ga o'tdi.

"Nikolya – o'z ishining ustasi va ajoyib inson. O'rtamizdagi munosabatlar uni "Siti"ga, keyin esa "Arsenal”ga taklif qilishimning sabablaridan biri. U futbolchilar ongiga o'yinlarda g'alaba qozonishning ko'p yo'llari borligini singdirgan. Standartlar – muvaffaqiyat keltiruvchi yo'llardan biri va ular bizga juda ko'p yordam beradi", – degandi Arteta "Tottenxem" bilan bahsdan keyin.

SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +4   

Fikrlar

   
14 okt 17:35:27
Xamidulloh Sattorov
Зур макола булибди.Изланишдан чарчаманг!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика