

"Andijon" klubi sobiq murabbiylari - Grigoriy Kolosovskiy, Pavel Sinelnikov va Denis Toymensov oldidagi qarzdorlikni o'z vaqtida bartaraf etmagani sababli O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita tomonidan jarima intizom chorasi bilan jazolandi.
Qo'mita qaroriga ko'ra, klub joriy yilning 10-dekabr sanasiga qadar yuqorida nomlari sanalgan mutaxassislar oldidagi qarzdorliklarni bartaraf etmasa, unga nisbatan og'irroq sankciyalarni qo'llash masalasi ko'rib chiqiladi.



