"Arsenal" yon chiziqdan to'p tashlash bo'yicha mashhur murabbiyni taklif qildi
12 jan 12:50
Yangiliklar
"Arsenal" yon chiziqdan to'p tashlash bo'yicha mashhur murabbiyni taklif qildi
Bu lavozimga sobiq futbolchi va engil atlet Tomas Gronnemark tayinlandi.
U avvalroq "Liverpul" klubida Klopp bosh murabbiylik qilgan davrda faoliyat yuritgan. Gronnemark autdan to'pni eng uzoq masofaga uloqtirish bo'yicha rekord sohibi hisoblanadi — 51,33 metr.

"Arsenal" o'yinning aniq bir komponentlarini kuchaytirishni ilk bor amalga oshirayotgani yo'q. Bir necha yil avval "to'pchilar" standart vaziyatlarni yaxshilash maqsadida Nikolya Joverni ishga olgandi. Natijada, so'nggi mavsumlarda Mikel Arteta jamoasi standart vaziyatlardan, asosan burchak zarbalaridan, rekord darajada — 22 ta gol urdi.
APL joriy mavsumida ayrim jamoalar o'yinida autdan to'pni raqib jarima maydoniga tashlash orqali xavf yaratish tendenciyasi kuzatilmoqda. Qator jamoalar, jumladan "Brentford" va "Sanderlend", yon chiziqdan to'p kiritish orqali bir nechta gollar urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar