"Arsenal" "Nyukasl" futbolchisiga ko'z tikdi
20 jan 12:53
Yangiliklar
"Arsenal" "Nyukasl" futbolchisiga ko'z tikdi
"Kanonirlar" jamoa uchun yangi markaziy himoyachi, shuningdek, hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida vinger bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
"Caught Offside" malumotlariga qaraganda, "Arsenal" "Nyukasl" vingeri Entoni Gordonga qiziqish bildirmoqda. Angliyalik futbolchi "Everton"da o'ynagan davridanoq klub diqqat markazida bo'lgan, "hakkalar" safidagi o'sishi esa bu qiziqishni yanada kuchaytirgan.

"Arsenal" Gordonni Gabriel Martinelliga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Martinelli o'z imkoniyatlarini yakunlashni yaxshilagan bo'lsa-da, hujumning so'nggi bosqichida hali ham barqaror emas.
"Nyukasl" o'zining asosiy futbolchilarini sotishni rejalashtirmayapti, biroq moliyaviy cheklovlar sabab kelishuvga majbur bo'lishi mumkin. Avvalroq Gordon transferi qiymati taxminan 80 mln funt atrofida bo'lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar