"Arsenal" "Lester" etakchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
08 noy 2022 19:06
Yangiliklar
"Arsenal" "Lester" etakchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Kanonirlar" qishki transfer oynasi haqida o'ylamoqda.
"Arsenal" Angliya Premer-ligasining etakchi yarim himoyachisiga jiddiy qiziqish bildiryapti.
90 min xabariga ko'ra, London klubi "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olishni ko'rib chiqmoqda. 25 yoshli belgiyalik xavbekning "tulkilar" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyida tugaydi va u katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi.
"Arsenal" bu vaziyatdan unumli foydalanib, futbolchini qishda kichik miqdorda yoki yozda tekinga olmoqchi.
Tilemans "Lester"da 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. U jamoa tarkibida 173 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urgan va 25 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar