"Arsenal" forvardi "Tottenxem"da Keynning o'rnini egallashi mumkin
14 avg 2023 18:36
Yangiliklar
"Arsenal" forvardi "Tottenxem"da Keynning o'rnini egallashi mumkin
"Arsenal" hujumchisi Folarin Balogun "Tottenxem" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar Balogunni "Bavariya" ketgan Xarri Keynning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Avvalroq, "kanonirlar" Balogunni 55 mln evroga sotishga tayyorliklarini malum qilishgandi.
SHuningdek, "Tottenxem" short-listida "CHelsi"dan Romelu Lukaku va "Portu"ning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi bor.
Amerikalik futbolchi o'tgan yili ijara asosida "Reyms"da o'ynadi. 22 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 39 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan.
Balogun "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Futbolchiga "Inter" davogarlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar