"Arsenal" "Barselona" futbolchisining transferidan voz kechdi
19 apr 2019 21:59
Yangiliklar
"Arsenal" "Barselona" futbolchisining transferidan voz kechdi
"Barselona" futbolchisi Samyuel Yumtiti "Arsenal"ga o'tmaydigan bo'ldi.
"Goal" xabariga ko'ra, londonliklar himoyachi uchun "Barselona" talab qilayotgan 70-90 million evroni to'lay olmaydi. CHunki "Arsenal" yozda transferlar uchun 80 million ishlatishni rejalashtirgan.
SHuningdek, Yumtitining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.
Bu mavsumda 25 yoshli himoyachi "Barselona" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq "kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emerining shaxsan o'zi jamoaga Yumtiti kerakligini aytib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar