So’nggi yangiliklar

00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  0 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   44 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  25 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:45"Штутгарт" — "Бавария". Германия Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:40"Аланяспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  11

Arsen Venger: "Turk jamoasini uning maydonida yutish doimo qiyin" Yangiliklar

Arsen Venger: "Turk jamoasini uning maydonida yutish doimo qiyin"

CHempionlar Ligasining "Beshiktosh"ga qarshi birinchi pley-off o'tish o'yini oldidan "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger bu baxs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizni jiddiy imtihon kutib turibdi. Tayyorgarlik uchun uncha ko'p vaqtimiz yo'q edi, chunki 1 hafta ichida 3 ta o'yin o'tkazishimiz kerak. "Beshiktosh", keyin "Everton", undan so'ng "Beshiktosh"ga qarshi javob o'yini. Har bir g'alaba seni kuchliroq qiladi va o'z kuchinga ishonishni boshlaysan. Mening jamoam esa o'sishi kerak.

Har bir o'yin boshqasidan farq qiladi. Turk jamoasini uning maydonida yutish doimo qiyin, ammo "Beshiktosh" bilan uchrashuvda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoish etmoqchimiz. "Beshiktosh" oldingi aylanadi "Feyenoord" bilan o'yinda o'zini yaxshi ko'rsatdi. Bizni nima kutayotganini bilib turibmiz va Istambulda yaxshi natijaga erishmoqchimiz.

O'tgan mavsum "Fenerbaxche"ni yutib CHempionlar Ligasini ajoyib boshlaganmiz. O'shanda g'alabaga bo'lgan xohishimizni yaxshi namoish etgandik va hozir u bizga yana kerak.

CHempionlar Ligasida katta tajribaga ega bo'ldim. Osmonlarda uchib yurmay holatga real qarash kerakligini bilaman. Avvalo CHempionlar Ligasida o'ynash uchun huquqni qo'lga kiritish kerak. Oldimizda  ikkita qiyin o'yin turibdi.

SHuning uchun keling uzoqqa qaramaymiz. Biz "Beshiktosh" bilan ikki uchrashuvda ham yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak" - deydi francuz.

Eslatib o'tamiz, "Beshiktosh" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. O'zbekiston MTRKning Sport telekanali bu uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri olib bermaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика